S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Turkum. Chetan (Sorbus L.) - Рябина



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Turkum. Chetan (Sorbus L.) - Рябина
Tur. Oddiy chetan (Puftinia обмкнонсшши) -
Sorbus uucuparia L. 
Oddiy 
chetan Ra’noguldoshlar - 
Rosaceae 
oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 4- 5, ba’zan 15 
m gacha yetadigan O‘zbekistonga introduksiya qilingan daraxt yoki buta. Poyasi 
kulrang, silliq po‘stloqii,
 
yosh shoxlari sertuk. Bargi 4-7 bargchadan tashkil topgan 
toqpatlimurakkab bo‘lib, bandi yordamida poya va shoxlarida ketma-ket 
o‘rnashgan. Bargchalari cho‘ziq-nishtarsimon, arrasimon qirrali. Oq rangli, bcsh 
bo‘lakli gullari qalqonsimon to‘pgulga joylashgan. Mevasi dumaloq, sersuv, qizil 
rangli, 2-7 upug‘li ho‘l meva. Chetan may- iyun oylarida gullaydi, mevasi 
sentabrda pishadi. Chetan turlari MDHning Yevropa qismida o‘rmon-cho‘l 


99 
zonasida hamda Kavkazda ninabargli va aralash o‘rmonlarda, o‘rmon chetlarida 
o‘sadi. O‘zbekiston florasida 2 chetan turi - Turkiston va tyan-shan chetani tog‘li 
hududlarda tarqalgan. Bog‘ va xiyobonlarda manzarali o ‘simlik sifatida o‘stiriladi.
Dorivorlik xususiyati
. Tibbiyotda chetanning mevasi ishlatiladi. Mevasi 
pishganda (sovuq tushgandan keyin) yig‘ib olinadi, quritgichlarda quritiladi yoki 
quritilmay qo‘llaniladi. Sovuq tushganda mevasi yoqimli, aehehiq-nordon mazaga 
ega bo‘iib qoladi. Oddiy chetan mevasi tarkibida 160 (40-200) mg% S vitamin va 
R vitamini, 18 mg% karotin, 8% gacha organik (limon, olma, vino) kislotalar
qandlar (glyukoza, fruktoza, saxarozA., flavonoidlar (kversitrin, izokversitrin, rutin 
va boshqalar), efir moyi, sorbit, oshlovchi va boshqa moddalar mavjud. Urug‘ida 
amigdalin glikozidi va 22% gacha yog‘ bor. Meva va uning damlamasi singa va 
boshqa avitaminoz kasalliklarini davolash va ularning oldini olish uchun 
qo‘llaniladi. Mevasi vitaminli choylar-yig‘malar tarkibiga kiradi. Chetan mevasi 
xalq tabobatida ishtaha ochuvchi dori sifatidahamda singa kasalligini davolash va 
oldini olish uchun qadimdan qo‘llanilib kelingan. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin