S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Sistematikasi. 
Bo‘lim.
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o ‘simlikIar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae)
 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar)
 
(Magnoliopsida yoki
Dicotyledones) - Магнолиевые или
 
Двудольные 


136 
Ajdodcha (sinfcha)- 
Yalpizkabilar 
(Lamiidae) 
- Яснотко-вые (Губоцветные) 
Qabila. 
Sigirquyruqnamolar (Scrophulariales) - Норичниковые 
Oila. 
Zubturumdoshlar (Plantaginaceae Juss.) - Подорожниковые 
Turkum. 
Zubturum (Plantago L.) - Подорожник
Tur. Zubturum, bargizub (Подорожник большой) 
Plantago major L. 
Katta 
zubturum Zubturumdoshlar - 
Plantaginaceae 
oilasiga mansub bo‘lib, kalta va 
yo‘g‘on ildizpoyali, poyasiz ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Yer ustki qismini ildizoldi 
barglari va 10-50 sm balandlikdagi gul o‘qi tashkil qiladi. Barglari uzun, qanotli 
bandli, keng tuxumsimon yoki keng ellipssimon, tekis qirrali, 3-9 ta yoysimon 
asosiy tomirli bo‘ladi. Gul o‘qi bitta yoki bir nechta. Mayda, ko‘rimsiz, to‘rt 
bo‘lakli gullari gul o‘qi uehidagi boshoqsimon to‘pgulga joylashgan. Mevasi 
tuxumsimon, ko‘p urug‘li ko‘sakcha. 
26
Zubturum yo‘l chekkalarida, ariq, daryo, buloq bo‘ylarida, bog‘larda, 
botqoqliklarda, dalalarda, ekinzorlarda, o‘tloqlurdu. o‘rmon chetlarida o‘sadi. 
Dorivorlik xususiyati
: Tibbiyotda zubturumning bargi bilan gul ustki qismi 
ishlatiladi. Barglari yil bo‘yi kalta bandli qilib qirqib olinadi va tezlikda soya yerda 
quritiladi. Yer ustki qismi o‘simlik gullagan vaqtda yig‘iladi va quritilmasdan 
undan shira olish uchun farmatsevtika zavodlariga yuboriladi. Zubturum bargi 
bilan yer ustki qismi tarkibida 0,1% efir moyi, shilliq moddalar, saponinlar, 
aukubin glikozidi, S vitamini (300 mg% gachA. va К vitamini, 4,5-32,91 mg% 
karotin, flavonoidlar (lyuteolin, apigenin, baykalalien va ularning glikozidlari), 
organic kislotalar, oshlovchi va boshqa biologik faol moddalar, urug‘ida 
22% gacha yog‘ saponinlar, 44% gacha shilliq va boshqa biologik 
faol moddalar mavjud. Katta zubturumning dorivor preparatlaridan (damlamasi, 
yangi yig‘ib olingan bargi yoki yer ustki qismining konservatsiya qilingan shirasi, 
shirasidan tayyorlangan plantaglyusid preparati) m e’daichak kasalliklari (gastrit, 
cnterit, enterokolit), yo‘g ‘on ichakning yallig‘lanishi, me’da va o‘n ikki barmoq 
ichakning yara kasalligini davolashda foydalaniladi. Bundan tashqari, me’da 
shirasining kislotaliligi kamayib ketgan hollarda ham ishlatiladi. Bargi yoki yer 
ustki qismi shirasi bilan tuzalishi qiyin bo‘lgan kolit kasalligi va yaralar 
davolanadi. Zubturum bargi yo‘talga qarshi ishlatiladigan yig‘malar-choylar 
tarkibiga kiradi. Zubturum qadimdan xalq tabobatida turli kasallikiami davolashda 
keng ishlatilib kelingan o‘simlik hisoblanadi. Uning bargi bilan Abu Ali ibn Sino 
o‘z vaqtida qiyin bitadigan yaralarni, shishlami (xavfli shishlami ham), ko‘z 
yallig‘lanishi, jigar, buyrak va boshqa kasalliklami davolagan hamda qon to‘xtatish 
uchun ishlatgan. Jigar va buyrak kasalliklarida hamda qon tupurishda bemorga 
26
M.A. Jo‘rayeva “ Dorivor o‘simliklar atlasi” O‘quv qo‘llanma. T 2019


137 
zubturum urug‘ining qaynatmasini ichirgan. Bargidan tayyorlangan damlamasi 
yoki quritilmagan barg shirasi xalq tabobatida nafas yo‘llari, ko‘z, teri, bezgak, 
yo‘g‘on ichak yallig‘lanishi va turli yuqumli kasalliklarni hamda kuydirgini 
davolashda ishlatilgan. 
Zubturum, bargizub - 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin