S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Qoya emani-Quercus petraea Liebl
Dorivor xususiyatlari
: Eman po‘stlog‘idan olingan modda burishtiruvchi va 
antiseptik modda sifatida
 
og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida (gingivit, stomatit ) hamda 
tomoq shilliq pardasining yallig‘lanishida, milkdan qon oqqanda hamda og‘izda 
hid paydo bo‘lganda og‘iz chayish uchun ishlatiladi. Ba’zan 20 % li qaynatma 
terining kuygan yerlarini davolashda qo‘llaniladi. 
Yong‘oqdoshlar (Juglandaceae) oilasi 
Bu oilaning vakillari daraxt o‘simliklardir. 
Ularning tanasi baland bo‘yli, sershox, keng shox-shabbali bo‘ladi. Barglari yirik
toq patsimon murakkab tuzilgan bo‘lib, ma’lum bezchalaridan hidli efir moyi 
chiqadi. Ular navbat bilan joylashadi, kuzda to‘kiladi, yon bargchalari yo‘q. Bular 
bir uyli, ayrim jinsli o‘simlik, changchi gullari kuchala hosil qiladi. Kuchalalari 
barglar qo‘ltig‘ida vujudga keladi. Urug‘chi gullari shingilchalar shaklida bo‘lib, 
serbarg novdalar uchida bittadan yoki bir nechtadan joylashadi. Gulyon bargchalari 
bor. Gulqo‘rg‘oni oddiy bo’lib, gulyon bargcha bilan qo‘shilib o‘sib, meva po‘stini 
hosil qiladi. Mevasi danakli soxta meva. Mag‘zi burishgan, yirik urug‘pallali. U 
urug’i endospermsiz. Yog‘ochi qattiq, chiroyli bo’lganidan undan turli buyumlar 
ishlanadi. Ayrim turlarining mevasi, ya’ni yong‘og‘i iste’mol qilinadi. Oilaning 8 
turkumi va 50 ga yaqin turi bor. Ular shimoliy yarim sharning mo‘tadil iqlimli 
mintaqalarida tarqalgan.
Sistematikasi 
Bo‘lim
. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki 
Angyospermae) - Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki 
Dicotyledones) - Магнолиевые или Двудольные 


51 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin