52
Dorivorlik xususiyati:
Bargi
tarkibida har xil moddalar, jumladan,
alkaloidlar,
oshlovchi moddalar va efir moylari bor, ulardan tibbiyotda raxit kabi kasalliklami
davolashda foydalaniladi
.
Qayindoshlar (Betulaceae) oilasi
Bu oilaning
vakillari daraxt va buta
o‘simliklaridir. Barglari oddiy tuzilgan, cheti yirik yoki mayda tishchali, patsimon
tomirli yonbargchalari mayda, tez to‘kilib ketadi. Barglari navbat bilan joylashadi.
Oilaning turlari ayrim jinsli, guli bir uyli. Urug‘chi va changchi gullari kuchalaga
o‘xshash to‘pgul hosil qiladi. Kuchalasi tangacha qo’ltig‘ida joylashgan. Tangacha
yonbargchalar bilan birga o‘sib ketgan gulyon bargchalardan iborat. Mevasi quruq
yong‘oq shaklida. Oiladagi turkum turlarining mevasi morfologiyasiga ko‘ra bir-
biridan farq qiladi.
Jumladan, qayin va qandag‘och turkumlariga mansub
daraxtlarning mevasi mayda yong‘oqchadan iborat bo‘lib, pardasimon qanotchalari
bor. Grab va o‘rmon yong‘og‘ining mevasi qanotchasiz bo‘lib, hidli. O‘rmon
yong‘og‘ining
mevasi birmuncha yirik, iste’mol qilinadi. Oila tarkibidagi Betula,
Alnus, Carpinus, Corylus turkumlari, ayniqsa, diqqatga sazovor.
19
Sistematikasi
Bo‘lim
. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae) - Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki
Dicotyledones) - Магнолиевые или Двудольные
Ajdodcha (sinfcha)-
Temirdaraxtkabilar (Hamamelididae) - Гамамелисовые
Qabila. Qayinnamolar (Corylales)
- Берёзовые
Oila.
Qayindoshlar (Betulaceae S.F.Gray) - Берёзовые
Turkum.
Qayin (Betula L.) - Берёза
Bu turkumning vakillari daraxt va buta o‘simliklardir.
Ularning tanasi va
shoxlarining po‘stlog‘i silliq, oq va jigarrangda bo’lib, yupqa po‘st tashlab turadi.
Tanasining tubidagi po‘stlog‘i bo‘yiga ingichka yoriladi, rangi qorayadi. Kurtak va
barglari navbat bilan joylashadi. Barglari oddiy tuzilgan bandli, tez to‘kiladigan
yonbargchalari bor, kuzda to‘kilib ketadi.
Barg plastinkasi butun, yumaloq va
lanset shaklida, cheti tishchali, patsimon tomirli. Ular bir uyli, ayrim jinsli daraxt.
Changchi gullari kuzda hosil bo‘ladi, ular silindrsimon kuchala bo’lib, shoxining
uchida bittadan joylashadi. Qayin 40 yoshgacha yaxshi o‘sadi, so‘ng o‘sishi
susayadi. U 100-120 yil yashaydi. Turkumning 100 dan ortiq turi bo‘lib,
ularning
ko‘pchiligi MDH da uchraydi. Ular tundra mintaqasidan dasht mintaqasigacha
tarqalib, kata-katta o‘rmonzorlar hosil qiladi. Qayinning yog‘ochi qattiq bo‘lib,
19
A.K. Qayimov, E.T. Berdiyev
Dostları ilə paylaş: