S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Qandag‘och (Alnus) turkumi
. Turkumning vakillari daraxt yoki buta 
o‘simliklaridir. Barglari oddiy tuzilgan, navbat bilan joylashadi. Kurtaklari 2-3 ta 
tangacha bilan o‘ralgan bo‘lib, bandchali. Ular barg chiqarishdan oldin gullaydi. 
Guli ayrim jinsli, bir uyli, yig‘ilib to‘pgul hosil qiladi. Changchi gullari 
silindrsimon kuchala hosil qiladi, ular kuzda novdaning yuqori qismida rivojlanadi. 
Urug‘chi gullari boshoq hosil qilib, kuzda novdaning tubida rivojlanadi. Shamol 
vositasida changlanadi. Urug‘chi gulining boshog‘i kuzda, yetilish oldidan 
qubbacha shakliga kiradi va shu holatda yetilgan mevalari bilan bahorgacha 
saqlanadi. Mart-aprel oyi boshlarida qubbachalar yorilib mevasi to‘kilib ketadi va 
ular shamol vositasida tarqaladi. Daryo bo‘ylarida o‘sadigan turlarning mevasi suv 
toshqini vaqtida suvga tushib tarqalishi mumkin. Mevasi mayda, bo‘yi 2-3 mm li, 
bir urug‘li yassi yong‘oqcha, qanotcha va uchki tomonida qurib qolgan 
ustunchaning qoldig‘i bor. Yong‘og‘i to‘kilib ketsa-da, qubbachalari daraxtda ko‘p 
vaqt saqlanib turadi, to‘kilgan urug‘lari qulay sharoitda unib chiqadi. Daraxt tez 
o‘sadi, birinchi yil o‘q ildiz, so‘ngra yon ildizlar chiqaradi. Ildizda tuganaklar hosil 
bo‘lib, ularda atmosfera azotini to‘plovchi bakteriyalar rivojlanadi. Bu tuganaklar 
dukkakli o‘simliklar ildizidagiga nisbatan ancha ko‘p bo‘ladi. Ulardagi 
mikroorganizmlar yerni strukturasini yaxshilashda katta ahamiyatga ega. 
Daraxtlari to‘nkasidan ko‘karadi, ildizidan bachkilaydi. Yog‘ochi oq rangli, arralab 
qo‘yilgan yog‘ochi bir qancha vaqtdan so‘ng qizil-qo‘ng‘ir rangga kiradi. Uning 
yog‘ochidan faner, mebel va turli idish-asboblar ishlab chiqariladi. Po‘stlog‘idan 
esa bo‘yoq va oshlovchi moddalar olinadi. Bu turkumning 30 ta turi bor, ular 
shimoliy yarim sharda tarqalgan. MDH da yovvoyi holda 12 turi uchraydi. Qora 
qandag‘och (Alnus glutinosa Gaertn.) bo‘yi 30 m ga yetadigan daraxt, tanasining 
po‘stlog‘i to‘q-qo‘ng‘ir rangda, katta yoshida po‘stlog‘i yoriladi. Shox-shabbasi 
tuxumsimon. Yosh novdasi yelimli, silliq, ba’zan qirrali va tukli. Kurtagining bo‘yi 
8 mm, yelimli, bandchali. Barglari yumaloq yoki teskari tuxumsimon, uchki 
tomoni to‘mtoq yoki kesik, cheti yirik tishchali. Novda barglari yaltirab turadi, 
mallarang so‘gallari bor. Qora qandag‘och aprel oyining boshlarida barg yozish 
bilan bir vaqtda gullaydi, mevasi kuzda-oktabr oyida yetiladi. Qubbalari 3-5 tadan 
zich bo‘lib, uzun bandchalarda joylashadi. Yong‘oqchasi mayda, qo‘ng‘ir-qizil 
rangda bo‘ladi. Urug‘ tayyorlash uchun uning qubbalari ochilib ketmasdan - 
oktabr-noyabr oylaridan mart oyigacha yig‘ib olish zarur. Urug‘i tez unib chiqadi. 


55 
U to‘nkasidan ko‘karadi va ildizidan bachkilaydi, 130 yilgacha yashaydi. MDH 
ning shimoliy hududlarida, G‘arbiy Sibirda, janubiy dasht mintaqasida daryo 
qirg‘oqlarida o‘sadi. Qrim va Kavkazda uchraydi, Kichik Osiyoda va Shimoliy 
Afrikada ham o‘sadi. Qora qandag‘och nam va serunum tuproqli yerlarda yaxshi 
o‘sadi. U daryo sohillarida o‘rmonzorlar hosil qiladi. Suv toshqiniga chidamli, 
soyasevar daraxt. Yog‘ochi duradgorlikda katta ahamiyatga ega. Po‘stlog‘ida 
oshlovchi va bo‘yoq moddalar bor.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin