15
3-mavzu. Qirqbo`g`imdoshlar (Equisetaceae) va Qirqquloqdoshlar
(Athyriaceae) oilasi.
Qirqbo`g`imdoshlar oilasi - Equisetaceae
. Sporalari barglarining orqasida
yetiladigan soruslar ichida yoki barglari chetida hosil bo‘ladi.
Rosmona bargli,
poyasiz, qisqa ildizpoyali ko‘p yillik o‘tlar. Ko‘p yillik, ildizpoyali,
spora
boshoqlar hosil qiluvchi sernam yerlarda o‘suvchi o‘tlar. 1. Poyasi 2 xil -
generativ va vegetativ. Generativ (bahorgi)
poyasi malla, oqish-qo‘ng‘ir,
shoxlanmagan, poya uchida spora boshoq yetiladi va mart-aprel oylarida nobud
bo‘ladi. Undan so‘ng ildizpoyasidan vegetativ (yozgi) poya o‘sib chiqadi, u yashil,
nozik sershox, to kuzgacha o‘sadi, spora boshoqlar hosil qilmaydi. Bo‘yi 20-30
(40) sm . E. arvense L.- Dala qirqbo‘g‘imi poyasi 1 xil - faqat vegetativ poya, ba’zi
novdalarining uchida may-iyul oylarida spora boshog‘i yetiladi. Poyasi bo‘g‘inli,
barglari
reduksiyalangan, bo‘g‘inda tangachalar holida halqa bo‘lib joylashadi.
Kulrang-yashil, dag‘alroq, kech kuzgacha o‘sadi. Bo‘yi 50-100 sm cha boradi.
Dostları ilə paylaş: