S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Dorivorlik xususiyati
. Bargi Kavkazda ovqatga ishlatiladi
Gulidan tayyorlangan 
nastoyka yo‘talda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishida foyda beradi. Shuningdek 
ovoz bo‘g‘ilishini bartaraf etadi. Tugmachagulning barg va ildizi ham foydali 
xususiyatga ega. Bargi va gullaridan tayyorlangan aralashma taloqdagi shishlarni 
davolashda ishlatiladi.
 
Dorivor tugmachagul - Malva sylvestris 


92 
Turkum:
Gulxayri (Althaea L.) - Алтеа 
Tur. Dorivor gulxayri (Althaea officinalis L
) gulxayridoshlar oilasiga kiradi. 
Gulxayri ko‘p yillik, bo‘yi 150-160 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik . Ildizpoyasi 
kalta, poyasi bitta yoki bir nechta, tik o‘suvchi, silindrsimon, kam shoxli, pastki 
qismi yog‘ochlangan. Bargi oddiy, bandi bilan poyada ketma-ket o‘rnashgan. 
Gullari poya va shoxlari uchida barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Mevasi —quruq meva. 
Iyun oyidan sentabrgacha gullaydi, mevasi iyuldan boshlab yetiladi. Bu tur 
Kavkaz, G‘arbiy Sibir, Qozog‘iston hamda O‘rta Osiyoda uchraydi. Ukrainada 
o‘stiriladi. 
Dorivor gulxayri - Althaea officinalis L
Dorivorlik xususiyati
: Bu o‘simlik ildizidan mukaltin faol moddasi olinadi. 
Gulhayri ildizlari yallig‘lanishga qarshi, nafas olish yo‘llari kasalliklari, 
bodomsimon bezlar va yumshoq tanglayning yallig‘lanishi, traxeit xastaliklari 
uchun ham ishlatiladi.Gulxayri gullari buyrak va siydik pufagi kasalliklarida 
ishlatiladi. U ko‘plab xalqlarning xalq tabobatida tashqi (loson, yuvish - 
yallig‘lanish, shish, kuyish,) va ichki vosita sifatida (yo‘tal, zaharlanish va 
boshqalar) keng qo‘llaniladi.
Nazorat savollari. 
1.Karamdoshlar oilasi vakillarining tur tarkibi qanday ? 
2.Qurttana qaysi oilaga mansub? 
3. Arabis qayerda uchraydi va uning tuzilishi qanday ? 


93 
4. Jag‘-jag‘ qaysi oilaga kiradi va tibbiyotda qanday kasalliklarda ishlatiladi 
5. Gulhayridoshlar oilasi vakillarini aytib o‘ting
6. Dorivor gulhayri qanday ahamiyatga ega? 
7. Tibbiyotda chitrong‘ining necha turidan foydalaniladi ? 
8. Dorivor tugmachagulga tavsif bering. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin