95
Tur. May na’matagi-
Rosa majialis Herrm. (Rosa cinnamomea L.).
bo‘yi 1—1,5
m ga yetadigan buta.
Shoxlari
yaltiroq, qo‘ng‘ir-qizil rangli po‘stloq bilan
qoplangan. Shox-laridagi tikanlari barg bandining asos qismida juft-juft bo‘lib
joylashgan.
Bundan tashqari, to‘g‘ri yoki biroz qayrilgan ti-kanlar shoxlarning
pastki qismida juda ko‘p bo‘ladi. Bargchalari-ning
pastki tomonida yopishgan
tuklar bor. Bu o‘simlik Moldova, Ukraina, Belorus, Boltiqbo‘yi, Rossiyaning
Yevropa qis-mining o‘rmon va o‘rmon-cho‘l zonasida, G‘arbiy va Sharqiy Sibirda,
Qozog‘istonda uchraydi.
Tikanli na’matak-
Rosa acicularis Lindl.
bo‘yi uncha baland bo‘lmagan buta
bo‘lib, shoxlari qo‘ng‘irrangli po‘stloq
hamda ingichka, to‘g‘ri, dag‘al tuklar
(tikanchalar) bilan qoplangan. Bargining asos qismida 2 ta ingichka tikani bor.
Bargchasi tuksiz bo‘ladi. Bu o‘simlik Sibirning ninabargli o‘rmonlari, Uzoq Sharq,
Tyan-shan o‘rmonlarida
hamda Belorus, Boltiqbo‘yi, Rossiyaning Yevropa
qismining shimoliy tumanlarida uchraydi.
Dostları ilə paylaş: