S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Na’matakni har qanday shaklda qabul qilish quyidagi hollarda tavsiya



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Na’matakni har qanday shaklda qabul qilish quyidagi hollarda tavsiya 
etilmaydi: 
• 
Oshqozon sekretsiyasining oshishi (kislotalik darajasi ortishi); 
• 
Gastrit rivojlanishiga moyillik yoki kasallik tashxislanganligi; 
• 
Anamnezda pankreatit mavjudligi; 
• 
Allergik (dermatologik) holatlarga moyillik; 
• 
Tomirlarda tromblar shakllanishi, tromboflebit rivojlanishi; 
• 
Endokardit (yurak mushaklarining yallig‘lanishi). 
Turkum. 
Behi (Cydonia Mill.) - Айва 
Tur. Behi (Айва продолговатая) - 
Cydonia oblonga Mill. 
Behi 
Ra’noguldoshlar - 
Rosaceae 
oilasiga mansub. bo‘yi 1,5- 6 m gacha yetadigan 


97 
daraxt. 
Tanasi 
qoramtir-kulrang 
po‘stloqli, sershox. Kesib turilmasa, 
ildizpoyasidan ko‘plab bachki novdalar chiqarib ko‘payib ketadi. Dastlab, ular 
ko‘z ilg‘amas mayda tukli bo‘ladi, ammo keyinchalik ular to‘kilib ketib, 
yalang‘och qoladi. Barglari tuxumsimon yoki cho‘ziq luxumsimon, pastki tomoni 
sertuk kulrang, usti to‘q yashil, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida ketma-ket j 
oyl ashgan.
 
Gullari och pushti, besh bo‘lakli, yakka, yirik gulkosachasi mevasi 
uchida saqlanib qoladi. Mevasi har xil shaklda, katta-kichikligiham har xil. Sariq, 
to‘qsariq, ba’zan qizg‘ish. Beshta uyachasida urug‘i joylashgan. Behi suvsiz, shirin 
burishtiruvchi ta’mga ega bo‘lib, hidi yoqimli. Behi aprel oyida gullab, oklabr- 
noyabrda mevasi pishib yetiladi. Behi yovvoyi holda Markaziy Osiyoning 
jantibidagi quruq subtropiklarda mintaqasida tog‘ vodiylarida uchraydi.
Dorivorlik xususiyati
. Xalq tabobatida mevasining o‘zi, urug‘i ishlatiladi. Ushbu 
o‘simlik urug‘i tarkibida 20% gacha shilliq modda, 0,58% amigdalin glikozidi va 
boshqa birikmalar bor. Yetilgan mevasi tarkibida 10% gacha qandlar (6,2% 
fruktozA., 5% atrofida pectin va 0,6% oshlovchi moddalar, 3% dan ortiqroq 
organik (olma, vino va limon) kislotalar, efirmoyi, 10-20 mg % vitamin S, temir, 
mis tuzlari va boshqa birikmalar bo‘ladi. Urug‘ining qaynatmasi o‘rab oluvchi 
vosita sifatida m e’da va ichak devorlari ta’sirlanishini kamaytirish hamda dori 
moddalarning so‘rilishini (shimilishini) cho‘zishda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, 
qabziyatda surgi, nafas yo‘llari kasal1iklarida (ayniqsa, bolalar kasallangandA. 
ko‘krakni yumshatuvchi va balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Behi 
mevasi xalq tabobatida turli kasalliklarni davolash uchun qadimdan ishlatib 
kelinadi. Behi mevasining damlarna va qaynatmasini Abu Ali ibn Sino ich ketish 
kasallikni davolashda lshlatgan. Ishtaha ochuvchi, burishtiruvchi va siydik 
haydovchi dori sifatida ichishga bergan. Meva shirasi bilan qon tupurish, astma va 
boshqa kasalliklarni, urug‘ qaynatmasi bilan o‘pka va yuqori nafas yo‘llari 
kasalliklarini davolagan. Behi mevasi qaynatmasi hamda dimlab pishirilgan behi 
jigar, qon tupurish, yo‘tal va boshqa ko‘krak kasalliklarini davolash, ovqat hazmini 
yaxshilash, qusish va qon oqishini to‘xtatish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga 
undan yana siydik haydovchi va burishtiruvchi vosita sifatida, urug‘ 
qaynatmasidan esa ich ketishni to‘xtatish maqsadida foydaianiladi.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin