103
13-mavzu. Dukkakdoshlar (Fabaceae) va Toshbaqatoldoshlar (Rutaceae)
oilasi
Burchoqdoshlar
(dukkakdoshlar),
(Fabaceae).
ikki
urugʻ
pallali oʻsimliklarning bir oilasi. Yer yuzining hamma mintaqalarida keng
tarqalgan.
Baʼzan
B.ni
3
kenja
oila
mimozadoshlar (Mimosaceae),
sezalpindoshlar (Caesalpiniaceae)
va kapalakguldoshlar (Papilionaseaye
yoki
Fabaceae)ga
ajratiladi.
Burchoqdoshlarning barglari koʻpincha ketma-ket joylashgan, odatda, yon bargli
va murakkab. Gullari asosan boshoqsimon, shingilsimon yoki kallaksimon
toʻpgullarda oʻrnashgan, odatda zigomorf, ayrimlarida aktinomorf. Mevasi -
dukkak.
Burchoqdoshlarning
12000
turni
birlashtirgan
500 turkumi (Oʻzbekistonda 528 turni uz ichiga olgan 57 ta turkumi) bor. B.dan
oqsilga boy boʻlgan mosh, noʻxat, loviya, soya, yer yongʻoq oziq-ovqat uchun,
toʻyimli oʻtloq oʻsimliklaridan beda, sebarga, esparset yemxashak uchun koʻplab
ekiladi. Burchoqdoshlar orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar
olinadigan, balzamli va qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar bor.
Yeryongʻoq,Sano, qashqarbeda, shirinmiya, shildirbosh, oqquray, afsonak kabila
rdan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar, smolalar, vitaminlar va organik
kislotalar tibbiyotda
turli
kasalliklarni
davolashda
ishlatiladi.
Choʻllarda
uchraydigan
qizboltir, oqmiya, achchiqmiya kabilar
zaharli
hisoblanadi.
burchoqdoshlar ning baʼzi zaharli turlari (derris, lonxokarpus) insektitsid sifatida
ishlatiladi. Ko‘p burchoqdoshlar (akatsiya, gledichiya, tuxumakva b.) manzarali
oʻsimlik sifatida ekiladi. Burchoqdoshlarga mansub koʻp oʻsimliklarning ildizida
atmosfera azotini oʻzlashtiradigan azotobakter yashaydi.
Dostları ilə paylaş: