121
Dorivorlik xususiyati
. Frangula po‘stlog‘ining preparatlari surgi dori
sifatida
ishlatiladi. Yangi yig‘ilgan, bir yil saqlanmagan po‘stloq
ishlatilsa qus-tiruvchi,
ko‘ngil aynituvchi va me’da-ichakni og‘rituvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun
tibbiyotda bir yil saqlangan yoki 100°C da bir soat qizdirilgan po‘stloq ishlatiladi.
Bunday po‘stloq qustiruvchi va ko‘ngil aynituvchi hamda me’da va ichakni
og‘rituvchi ta’sir ko‘rsatmaydi.
Jiydadoshlar (elaeagnaceae) oilasi. Bu 3
ta turkumga mansub, 50 ta to‘rni o‘z
ichiga oladi. O‘zbekistonda 2 ta turkumga oid 4 ta turi o‘sadi. Ular Shimoliy Yarim
sharning subtropik va va mutadil iqlimli hududlarida tarqalgan. Bitta turkum
Avstraliyagagacha boradi. Ular buta va daraxtlardan iborat. Gullari ikki jinsli, yoki
bir jinsli O‘zbekistonda jiyda (Elaeagnus angustifoliA. va chakanda (Hippophae
rhamnoides) dorivor va iste’mol qilinadigan o‘simlik sifatida juda kadrlanadi. Bu
oila vakillari daraxt yoki buta o‘simliklar bo‘lib
barglari oddiy, qirralari tekis,
yulduzsimon tukchalar bilan qoplangan navbatlashib o‘rnashgan va yonbargsiz.
Gullari och sariq, ikki jinsli, bazan bir jinsli to‘g‘ri va tojbargsizdir. Kosachasining
bo‘aklari 4ta, bazan 2 yoki 6ta, ostki qismi qo‘shilib o‘sib qo‘ng‘iroqcha
xosil
qiladi. Otaliklar soni kosachabarglar soniga teng yoki 2barobar ortiq, tugunchasi
ustki, bir uyli va bir urug‘kurtakli. Poyasi bitta. Mevasi rezavor yoki danakli soxta
meva. Gullari xasharotlar yoki shamol yordamida changlanadi.
Bu oilaga osiyo,
yevropa, amerikada uchrovchi 3 avlod 45ta tur kiradi. Shular jumasidan jiyda
O‘zbekiston florasida keng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: