S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Dorivorlik xususiyati
. Bu o‘simlik ildizlarining havoda qotib qoladigan yelimi 
xalq tabobatida ba’zi asab kasalliklarida talvasaga qarshi vosita tariqasida, 
shuningdek, gijja haydaydigan dori sifatida qadimdan ishlatilib kelinadi. O‘rta 
Osiyo xalq tabobatida undan bronxial astma, sariq kasalligi, ko‘kyo‘tal, sil, 
zaxmda foydalaniladi, shuningdek, u diabetga qarshi, qon to‘xtatadigan, o‘t 
suyuqligini haydaydigan vosita tariqasida buyuriladi. Ibn Sino kovrak yelimini 
bo‘g‘im og‘riqlari davosiga ishlatish, ishtaha ochadigan va siydik haydaydigan 
vosita sifatida tavsiya etgan, lekin u kovrak yelimi qovuqqa zarar qiladi, deb 
hisoblagan. 
Chilonjiydadoshlar (Rhamnaceae) oilasi
ga 60 ta turkumga oid 900 dan ortiq tur 
kiradi. Ular Yer yuzida keng tarqalgan. O‘zbekistonda 3 ta turkumga mansub 6 ta 
turi o‘sadi. Bular buta va past bo‘yli daraxtlardan iborat. Gullari mayda, ko‘rimsiz, 
aktinamorf, 4-5 bo‘lakli, asosan, ikki jinsli. Mevasi turlicha. O‘zbekistonda 3 ta 
turkumga mansub 6 ta turi tabiiy, 2 ta turkumga xos 2 ta madaniy turi o‘sadi.
 
Sistematikasi 
Bo‘lim.
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o ‘simlikIar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae)
 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar)
 
(Magnoliopsida yoki
Dicotyledones) - Магнолиевые или
 
Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha)- 
Ra’nokabilar (Rosoidae) - Розоцветные 
Qabila. 
Chilonjiydanamolar (Rhamnales) - Крушиновые
 
Oila. 
Chilonjiydadoshlar (Rhamnaceae Juss.) -Крушиновые 
Turkum. 
Bo'g'ibag'ir (Rhamnus L.) - Крушина
Tur. Olxasimon frangula — Frangula alnus Mill.
(Rhamnus frangula L.), 
jumrutdoshlar (chilonjiydadoshlar) -Rhamnaceae oilasiga kiradi. Frangula bo‘yi 1-
3 (ba’zan 7) m ga yetadigan buta yoki kichkina daraxt. Shoxlari tikansiz. Yosh 
shoxlarining po‘stlog‘i qizil-qo‘ng‘irrangli, yaltiroq, silliq, oq yasmiqchali. Bargi 
od-diy, keng elliðssimon yoki teskari tuxumsimon, tekis qirrali, tezda to‘kilib 
ketadigan qo‘shimcha bargli, tuksiz yoki tomirlari bo‘ylab tuklar joylashgan. Barg 
poyada bandi bilan ketma-ket o‘rnashgan.. Gullari mayda, ko‘rimsiz, 2-7 tadan 
to‘plangan holda barg qo‘ltig‘iga joylashgan. Frangula may-iyun oylarida gullaydi, 
mevasi avgust-sentabrda pishadi.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin