6.3. Korxonada kadrlar siyosati samaradorligini baholash Korxonada kadrlar bilan ta’minlashni shakllantirish sohasida
real vaziyatni tahlil etish, demografik hozirgi ahvolini hisobga
olish, kadrlarni o‘qitish imkoniyatlarini baholash, ish bilan
bandlik muammolarini hal etish, umuman personalni boshqarish
tizimining ahvolini o‘rganish va baholash davlat kadrlar siyosati
konsepsiyasining asoslari hisoblanadi
Korxonada personal bilan ishlash boshqarish (boshqarish)
korxona maqsadlariga erishish vosita va usullarini tanlashdan
iboratdir.
Korxonada personal bilan ishlash usullari (turlari) quyida aks
etgan.
10
Passiv usuli korxona rahbariyatida personal bilan ishlashda
aniq harakat dasturi mavjud emasligini ko‘rsatadi. Bu holda
xodimlar bilan ishlash turli noxush hodisalarni bartaraf etish bilan
cheklanib qoladi. Mazkur korxonalarning kadrlar xizmati
10
Қ.Х.Абдураҳмонов ва бошқалар. Персонални бошқариш (олий ўқув юрти талабалари учун
дарслик) Тошкент “Ўқитувчи” - 2006.- 345.б