102
Shunchalik ko‘proq qiziqtirishi mumkin, bundan uning kadrlar
siyosatini shakllantirishdagi o‘rni va mavqei aniq bo‘ladi.
Agar rahbar xodimlar boshqarmasi boshlig‘ining bunday
malakasiga ega bo‘lishni istasa, u korxona xodimlarini boshqarish
bo‘yicha menejerining professional standartlarini ishlab chiqishi
(yoki mutaxassislarga ko‘rsatma berishi) mumkin.
Kasbiy standart korxonadagi xodimlarini boshqarish tizimi, kor-
xona tomonidan bajarilgan ish va tegishli bilim, ko‘nikma, qobiliyat,
moyillik va ish sifatining ayrim ko‘rsatkichlarini boshqaruvchi
shaxsning vakolatlari uchun ma’lum miqdordagi talablardir.
Professional (kasbiy) standart bir qancha sabablarga ko‘ra
ehtiyojimizga aylangan.
1. Personalni boshqarish sohasidagi menejer va mutaxas-
sislarning professional standartlari tashkilot rahbariyati tomonidan
ushbu funksiyani ko‘rishga bog‘liq holda har qanday tashkilotda
ishlash uchun kerakli vakolatlarni aniqlash imkonini beradi.
2. Professional standartlar turli bo‘g‘inlardagi hukumat mav-
qeyiga ena xodimlarning vazifalarini bajarishidagi farqlarni aniq
tushunishga yordam beradi.
3. Professional standartlar malakali xodimlarni boshqarish
uchun muhim, chunki ular kadrlar sohasidagi eng faol va g‘ayratli
vakillarga malaka oshirish uchun sabablar yaratadi.
4. Kasbiy standartlar tashkilot rahbariyatiga kadrlar ishla-
yotgan shaxs bajaradigan topshiriqlarning murakkabligi, tashki-
lotning samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini
ko‘rsatish imkonini beradi.
5. Kasbiy standartlar xodimlarning o‘z rahbarlari va muta-
xassislarni lavozim talablariga muvofiqligini baholash jarayonini
soddalashtiradi va obyektivlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: