S xolmuratov korxonada kadrlar


 Korxonaning funksional boshqaruv va shtat tuzilmasi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/130
tarix24.01.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#51538
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

5.2. Korxonaning funksional boshqaruv va shtat tuzilmasi 
       
Iqtisodiy fanlarda dinamik tizimlarni tasniflash nazariyasidan 
foydalanib,  murakkab    boshqaruv  jarayonlarini  asosli  ravishda 
alohida-alohida  elementlarga  taqsimlab,  ularni  guruhlarga  bo‘lib, 
tashkil etuvchi belgilarni ajratish imkonini beradi. 
Korxonaning 
boshqaruv 
funksiyalari 
– 
boshqaruv 
faoliyatining o‘ziga xos turi, boshqaruv sohasida mehnat taqsimoti 
va  ixtisoslashuvi  mahsuli  bo‘lib,  o‘zida  alohida  belgi  bo‘yicha 
ajralib  turuvchi  boshqaruv  jarayonining  bir  qismini  aks  ettiradi. 
Boshqaruv  elementlari  (sifat,  mehnat  va  maosh,  fan-texnika 
taraqqiyoti,  mehnatni  muhofaza  qilish)  va  ishlab  chiqarish 
bo‘g‘inlari  (mehnat,  moddiy,  texnik,  moliyaviy  va  b.)  resurslar 
predmeti  umumiyligi  bo‘yicha  amalda  tasniflash  ko‘proq 


123 
tarqalgan.  Odatda  korxonani  boshqarish  jarayonining  10  dan  25 
tagacha funksiyalari farqlanadi. 
Mehnatni  tashkil  qilishning  asosiy  vazifalari  majmui  – 
boshqaruv  jarayonining  asosiy  funksiyalari  belgisi  (me’yorlash, 
rejalashtirish,  hisob,  nazorat,  tahlil,  tartibga  solish)  bo‘yicha 
ajratib  ko‘rsatiluvchi  boshqaruv  funksiyasi  qismidir.  Vazifalar 
majmui muayyan funksiyaga tegishli bo‘lib, qoidaga ko‘ra, kichik 
funksional  bo‘linma  (bo‘lim,  byuro,  guruh)  tomonidan  amalga 
oshiriluvchi  vazifalar  majmuini  jamlaydi  –  masalan,  korxona 
uchun personal tanlash jarayonini rejalashtirish. Vazifalar majmui 
soni korxona miqyosida 200 tani tashkil etadi. 
Bu  borada  boshqaruv  vazifasi  –  tashkiliy  jihatdan  o‘zaro 
bog‘liq  bo‘lgan,  personal  tomonidan  texnik  vositalar  yordamida 
amalga oshiriluvchi axborotni qayta ishlash operatsiyalari majmui 
bo‘lib,  bu  operatsiyalar  bajarilishi  natijasi  boshqaruv  qarorlarini 
qabul  qilish  –  masalan,  korxona  bo‘yicha  yil  davomida 
personalning ehtiyoji miqdori va turini hisoblash imkonini beradi.  
Vazifa  boshqaruv  jarayonining  asosiy  elementi  bo‘lgani 
uchun, uning amalga oshirilishi esa, qoidaga ko‘ra, boshqaruvning 
bir  qancha  xodimlarini  o‘z  jarayoniga  qamrab  oladi.  Korxonada 
mehnatni  tashkil  etish,  texnik  va  texnologik  majmualarini 
boshqarish  jarayonida  bir  necha  mingta  boshqaruv  vazifalari  hal 
etiladi. 
Boshqaruv  operatsiyasi  –  texnik  vositalarning  muayyan 
to‘plami  yordamida  bitta  xodim  tomonidan  bajariluvchi, 
axborotning  shakli  yoki  mazmuni  o‘zgarishiga  qaratilgan  mehnat 
harakatlarining  majmui  hisoblanadi.  Bu  jarayondagi  boshqaruv 
operatsiyasi  vazifaning  mazmuniy  qismini  aniqlashtiradi  va 
namunali chizma shaklida taqdim etilishi mumkin. 
Boshqaruv 
funksiyalarining 
matritsali 
taqsimlanishi. 
Korxonani boshqarish amaliyotida korxona rahbariyati, funksional 
va  o‘rta  bo‘g‘in  bo‘linmalari  o‘rtasida  boshqaruv  funksiyalarini 
oqilona taqsimlash dolzarb vazifa sanaladi. 
Bir qator sanoat korxonalari boshqaruv tizimlarining tahlilida 
amaldagi  boshqaruv  funksiyalari  taqsimlanishida  rahbarlar 
tomonidan yo‘l qo‘yiladigan asosiy  xatolar: 


124 
• bosh direktor zimmasiga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘linmalar 
va  u  qaror  qabul  qiladigan  funksiyalarning  haddan  ortiq 
yuklanishi; 
•  bosh  direktor,  uning  o‘rinbosarlari  va  bo‘limlar  rahbarlari 
o‘rtasida  boshqaruv  funksiyalarining  aniq  hujjatlashtirilgan 
taqsimoti mavjud emasligi; 
•  aksiyadorlik  korxonalarida  davlat  boshqaruvining  eski 
ma’muriy tizimiga xos kichik bo‘lim va xizmatlarning mavjudligi 
(fuqarolik  mudofaasi,  birinchi  va  ikkinchi  bo‘limlar,  mashina 
byurosi); 
•  asosiy  ishlab  chiqarish  jarayonida  500-1000  kishilik  yirik 
sexlar  bilan  bir  qatorda  ularga  xizmat  qiluvchi  yordamchi  ishlab 
chiqarishdagi  500  kishigacha  xodimga  ega,  samarasi  yo‘q  sexlar-
uchastkalar mavjudligi. 
• qaror qabul qiluvchi shaxs ayrim hollarda, o‘z funksiyasiga 
kirmagan boshqaruv operatsiyasini boshqa bo‘linmalar bilan aniq 
texnologik o‘zaro bog‘liqliksiz hal etishi; 
•  ishlab  chiqarish  jarayonida  texnologiyaning  sifat  talablari, 
xodimlarning  mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi talablari 
ustidan  tezkor  boshqaruv  funksiyalarining  taqsimlanishi  va 
ularning  bosh  direktorning  turli  o‘rinbosarlari  tomonidan  har  xil 
yo‘nalishda olib borilishi. 
Ko‘rsatilgan  kamchiliklarni  bartaraf  etishning  eng  sodda  va 
aniq  uslubi  matritsali  uslub  sanaladi.  Tuzilmaviy  bo‘linmalar 
o‘rtasida  boshqaruv  funksiyalarini  taqsimlash  matritsasi    jadval 
ko‘rinishiga  ega  bo‘lib,  uning  qatorlari  ishlab  chiqarish 
boshqaruvining aniq vazifalari, ustunlari – boshqaruv apparatining 
tuzilmaviy  bo‘linmalari  sanaladi.  Ustunlar  va  satrlar  kesiShuvida  
aniq  vazifa  bo‘yicha  tuzilmaviy  bo‘linma  javob  beradigan 
boshqaruvning asosiy operatsiyalari ko‘rsatiladi. 
Boshqaruv  funksiyalarini  taqsimlash  martitsasi  ularni 
korxona  rahbariyati  va  boshqaruv  apparati  bo‘linmalari  o‘rtasida 
aniq  taqsimlash,  boshqaruv  operatsiyalari  texnologik  ketma-
ketligini  belgilash  va  muayyan  rahbar  yoki  mutaxassisga 
operatsiyalarni aniq biriktirish imkonini beradi. 


125 
Personalni boshqarish va uning sonini ma’lum bir davrda ish 
miqdorlari  va  maosh  hamda  xo‘jalik    xarajatlarining  hisob-kitobi 
uchun  korxonaning  shtat  tuzilmasi  tasdiqlanishi  kerak.  Shuning 
uchun korxona shtat tuzilmasining iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy 
vazifasi – xodimlarning miqdoriy  kasbiy tarkibini, mehnatga haq 
to‘lash miqdori va xodimlar ish haqi fondini belgilaydi.  
Korxonaning  shtat  tuzilmasi  tarkibini  korxona  oldida  turgan 
maqsad  va  vazifalarga  mos  xolda  puxta  va  samarali  ishlab 
chiqishga qadar  quyidagi muhim hujjatlar  tayyorlanishi zarur: 
• rejali muddatga korxonaning (oy, chorak, yil davriyligi) ish 
haqi fondi; 
•  rejali  davrga  mo‘ljallangan  ish  miqdorini  bajarish  uchun 
yetarli miqdordagi personal sonining hisob-kitobi; 
• korxonaning shtat jadvali. 
Quyidagilar 
shtat 
tuzilmasini 
shakllantirish 
uchun 
boshlang‘ich ma’lumotlar hisoblanadi: 
• ishlab chiqarish (ishlar va xizmatlar) ning rejali miqdori; 
• personal soni va ish haqi normativlari; 
• boshqaruv tashkiliy tuzilmasi sxemasi; 
• namunaviy (haqiqiy) shtat jadvallari. 
  Korxona  ish  haqi  fondining  hisob-kitobi  ish  haqi  bo‘yicha 
xarajatlarni  mutloq  kattaliklarda  ham,  ish  haqining  mahsulot 
qiymatidagi  nisbiy  ulushi  ko‘rinishida  ham  asoslash  imkonini 
beradi.  
Korxonaning  shtat  tuzilmasi  iqtisodiy  bo‘lim  (moliya-reja 
bo‘limi)  bilan kadrlar  xizmati  mutaxassislari  tomonidan  ishlab 
chiqilib,  korxona  rahbari  tomonidan  tasdiqlanadi  va  korxona 
muhri qo‘yiladi. 
Tasdiqlangan  korxona  shtat  tuzilmasining  bir  nusxasi 
korxona  rahbarida,  ikkinchi  nusxasi  kadrlar  bo‘limida,  uchinchi 
nusxasi buxgalteriya xizmatida saqlanadi. 
Korxonaning  shtat  tuzilmasiga  korxonaning  ishlab  chiqarish 
miqdori,  yangi  innovatsion  texnologiyalar  yuzasidan  qo‘shimcha 
ishlab chiqarishlar  yoki xizmatlar tatbiq qilinganda yil mobaynida 
bir necha bor o‘zgartirishlar kiritilishi  mumkin. 
 


126 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin