S xolmuratov korxonada kadrlar


 Korxonada xodimlarning mehnatini baholash uslublari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/130
tarix24.01.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#51538
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

5.7. Korxonada xodimlarning mehnatini baholash uslublari 
 
Xodimlarning mehnatini baholash milliy iqtisodiyotimizning 
innovatsion  bosqichiga  o‘tish  davrida  alohida  ahamiyatga    ega. 
Xodimlarni baholash jarayoni korxona jamoasi orasida muntazam 
ravishda amalga oshirilishi hamda ushbu jarayonni hozirgi zamon 
kompyuter  texnologiyalari  asosida  olib  borish  zarur.  Xodim-
larning  mehnatini  baholash,  avvalo,  xodimning  professional 
salohiyatini  oshirishga  undovchi  jarayon  hisoblanadi.  Ayniqsa, 
yangi ishchining korxonadagi mavjud bo‘sh ish o‘ringa olish yoki 
xodim  egallab  turgan  lavozimga  malakaviy  talab  jihatidan 
muvofiqligini aniqlash uch usulda bajariladi: 
1.  Xodimning  professional    va  intellektual  salohiyatini 
baholash. Bo‘sh ish o‘rnini egallashda xodimning professional va 
intellektual  salohiyatini,  ya’ni  kasbiy  bilim  darajasi  va  kasbiy 
mahorati,  ishlab  chiqarish  va  xizmat  borasidagi  tajribasi,  insoniy 
xususiyatlari,  shaxsiy  ruhiyati,  dunyoqarashi,  sog‘lig‘ining 
mustahkamligi,  mehnatga  layoqatliligi,  umumiy  madaniyat 
darajasini belgilash muhim. 
2.  Korxonadagi  ishlab  chiqarish  jarayoniga  xodimning 
individual  hissani  baholash.  Muayyan  xodim  mehnatining  ish 
miqdori  va  mehnat  sifati,  ishlab  chiqarish  va  xizmat  sohalaridagi 
murakkablik  darajasi,  mehnatining  unum  va  samaradorligi 
ko‘rsatkichlari  hamda  uning  egallab  turgan  lavozimiga  muvo-
fiqligini maxsus uslublar yordamida belgilashga yordam beradi. 
3. Kadrlarni attestatsiya qilish jarayoni talablari.  Bu jarayon 
xodimning mehnat natijalariga o‘ziga xos majmuaviy baho berish 
uslubi  hisoblanib,  xodimning  professional  va  intellektual 
salohiyati hamda mehnatining yakuniy natijadagi alohida hissasini 
hisobga olgan holda baho beriladi. 
 
 
 
 
 
 


146 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin