v) Kamalakrang Forel - Onsorhynchus mybiss L. Losossimonlar oilasiga mansub bo’lib vatani AQSh ning Kaliforniya daryosi. Bu tur XIX-asrning 80-yillarida Evropaga iqlimlashtirilgan. Gulmohi uchun optimal harorat 15-18 0 S, optimal kislorod konstentrastiyasi 9-12 mg / l. pastasimon oziqa beriladi.Ozuqa quyidagicha tayyorlanadi:60-75 % mol talog`i, 11-20 % baliq uni, 5-10% bug`doy uni, 5% ozuqa drojasi, 3% fasfatit va 1% primiksa. Oradan 10-15 kun o’tishi bilan mayda baliqchalarni mayda granula shaklidagi oziqa bilan boqiladi. Granula tarkibi quyidagicha:baliq uni 48 %, go’sht-suyak uni 5%, suv o’ti (mikroskopik)-1%, lavlagi shroti 16%, o’simlik moyi-7,1 % primiksa 1%. Malkilarni kuniga 25 marotabagacha oziqlantirish mumkin. Oziqlantirish maxsus moslamalar (kormushkalar)da amalga oshiriladi. Kuzda segoletkalar 10-20 gr ga etadi. Qishlash uchun tanlangan hovuz yoki basseyn toza bo`lishi kerak. Suv harorati 50 bo’lganda ham ya’ni qishda ham baliqlar boqilaveradi. Forelning o’sishi uchun suv nihoyatda tiniq bo’lishi lozim. Ayniqsa yosh baliqchalar tiniq suvga nisbatan sezuvchan. Baliqchilik tajribalariga asosan ota- ona to’dasi 4-6 yoshli va 800-3000 g og`irlikka ega bo’lgan ona zotlaridarn va 3-5 yoshli, og`irligi 500-1500 g keladigan erkak zotlardan iborat. Jinslar nisbati urg`ochi zotlar 3 ta erkak zotlar, ya’ni 3:1 nisbatda bo’ladi. ota- ona rezerv ko’rsatkichi 50 % urg`ochi va 10 % erkak bo’lishi kerak. Forel sadokda etishtirish uchun eng yaxshi tur. Ayniqsa Farg`ona vodiysida, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Navoiyning voxalarida forelni etishtirish imkoniyati katta. Surxondaryo, Qashqadaryoning tog`li hududlarida etishtirilsa bo’ladi. Nerest. ota- ona zotlarni bantirovka qilingan havuzlarda saqlanadi, maydoni 100 m2, chuqurligi 0.8-1.2 metr. Nerest paytida ota- onalarni balanslashtirilgan omuxta em bilan boqiladi. Suv bilan ta’minlanishi 3 l/ min/ kg baliq massasi. Nerest optimal suv harorati 6-12 0 S.Yetilgan jinsiy mahsulotlarni qo’l bilan qorin qismini qisib chiqariladi va sun’iy otalantiradilar. Uvildiriq inkubastiyasi gorizontal yoki vertikal apparatlarga amalga oshiriladi.Oziqlantirish.Intensiv texnologiyada forelni balanslashagan proteini 48 % omuxta em bilan boqiladi. Bunday proteinli em bilan mayda forellar boqilsa va 43 % proteinli em bilan tovar forel boqiladi. Asosan forel uchun maxsus tayyorlangan omuxta em bilan boqishni rejalashtirish kerak. Barcha yoshdagi forellarni sanoat tarzida tayyorlangan omuxta em bilan boqish maqsadga muvofiq.
Forelni O’zbekistonning (Andijon, Namangan, Farg`ona, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo) kabi tog`lik hududlarda irrigastion kanallar, daryolar va buloqlar yaqinida sadoklar o’rnatib yetishtirish mumkin. Bunday sharoit Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlarining tog` oldi va tog`li rayonlarida ham mavjudligini inobotga olib bu joylarda ham forel etishtirish mumkin. Respublikaning g`arbida, shimolida ko’p sonli ko’llar (Og`itma, Devxona, Tuzkon, Dengizko’l, To’dako’l, Sho’rko’l, Kattaqo`rg`on suv omborlari) va Arnasoy Aydar ko’llar tizimida ham sadokda tegishli baliq turlarini yetishtirish imkoniyati katta. O’zbekistonda sadok usulida baliq boqish imkoniyati ancha keng.