Sahifa: 41 tabiat va inson o'rtasidagi munosabatlar



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix04.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#172491
1   2   3   4   5
41-45

www.pedagoglar.uz 
46-son 1–to’plam Iyul 2023
Sahifa: 42 
konkret tipi. Shunday qilib, aqliy mehnat faoliyatiga ega bo`lgan insonlar yig`indisi 
bo`lgan jamiyat atrof tabiiy muhit bilan passiv (sust) emas, balkim aktiv (faol) ta'sir 
doirasida bo`lishi mukarrardir.Agarda jamiyat va tabiat o`rtasidagi o`zaro 
munosabatlarga inson hayotining tarixi nuqtai nazaridan qaraydigan bo`lsak, ularni 
quyidagi munosabat shakllariga ajratsak bo`ladi: oddiy, oddiy-iqtisodiy, iqtisodiy, 
iqtisodiy-ekologik, ekologik.Jamiyat va tabiat o`rtasidagi oddiy munosabat shakli - 
kishilarni ekologik tizimni buzmaydigan soddalashtirilgan hayot tarzi. Ekologik 
tizim (ekotizim) - tirik organizmlar majmui va ularning yashash muhiti yig`indisi 
bo`lib, tirik organizmlar o`zaro va atrof tabiiy muhit bilan uzviy aloqadorlik 
qonuniyati asosida bo`lgan holati. Bu shakl kishilarning ibtidoiy jamoa tuzumidagi 
hayot tarziga, ya'ni insoniyat tarixining ilk ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasi davriga 
xosdir. Bu davr o`z ichiga odamlarning Yer kurrasida paydo bo`lishi (3-4 mln. yil 
avval) davridan to sinfiy jamiyat yuzaga kelguniga qadar muddatni o`z ichiga oladi. 
Ibtidoiy odamlarda ishlab chiqarish kuchlari va qurollari nihoyatda past darajada 
bo`lganligi tufayli ularning hayot tarzi tabiatning ajralmas bir oddiy bo`lagi sifatida 
namoyon bo`lgan. Atrof tabiiy muhit holati esa tirik organizmlar uchun nisbatan 
qulay - ekologik xavfsiz muhit deyish mumkin.Ko`pgina ekolog olimlar1 jamiyat va 
tabiat o`rtasidagi munosabat shakllarini uch ko`rinishda ifo etadilar - oddiy, 
iqtisodiy, ekologik. Lekin, jamiyatda, ayniqsa tabiatdagi qonuniyatlarni vaqt 
mobaynida o`zgarib borishi revolyutsion holatda emas, balkim evolyutsion holatda 
kechadi2. Shuning uchun ham tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi munosabatlar sekin-
astalik bilan shakllana borgan va u bir shakl ikkinchi bir shaklga bosqichma-bosqich 
o`tgandir.Jamiyat va tabiat o`rtasidagi oddiy-iqtisodiy munosabat shakli tabiiy 
muhitning eng asosiy elementlari - yer va suvning ekologik tizimdagi kichik 
aylanishiga ta'sir etdi. Lekin bunday ijtimoiy muhit holati ekologik tizimlarning 
buferlik (qarshi turish va tiklanish) xususiyatiga salbiy ta'sir qila olmagan 
edi.Kishilar faoliyatining tabiatga oddiy-iqtisodiy ta'siri davrida ma'lum bir 
hududlarda sezilarli darajada ekologik xavfsiz muhitga ta'sir etgani uchun ham 
qadimgi yozuv va qonun kuchiga ega bo`lgan kitoblarda tabiatga nisbatan 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin