www.pedagoglar.uz 46-son 1–to’plam Iyul 2023
Sahifa: 44
faoliyati manbai bo`lgan tabiiy obyektlarni yo`qola borishidir. Mutaxassislarning
ma'lumotlariga ko`ra "inson sivilizatsiyasi" davrida, to`g`rirog`i iqtisodiy
madaniyatlashgan kishilarni izchil faoliyati davrida Yer kurrasidagi o`rmonlarning
2H3 qismi kesilib ketdi, 250 xil turdagi hayvon va o`simliklar yo`q bo`lib ketdi, 3-4
mlrd. gektar yer qishloq xo`jalik oborotidan chiqazib yuborildi, atmosfera
havosidagi kislorodning zahirasi 10 mlrd.tonna kamaydi. Keyingi 100 yil ichida,
fransuz olimi A.Gerrenning ma'lumotlariga ko`ra, tuproq eroziyasi va texnogen
buzilishi 2 mlrd. gektar yerni unumdorligini yo`qotib yuborgan. Shu kunlarda Yer
kurrasida 1 daqiqada 20 ga o`rmon kesilmoqda, kuniga bir turdagi hayvonot yoki
o`simlik turi qizil kitobga kiritilmoqda.Tabiiy resurslarni kamayib borishidan
tashqari atrof tabiiy muhitning ifloslanishi ekologik tizimlarning buzilishiga, modda
va energiya almashuvining tabiiy holatda kechishiga keskin ta'sir qilmoqda. Atrof
tabiiy muhitning ifloslanishi deb tabiiy moddalar (tuproq, suv, yer osti boyliklari,
atmosfera havosi...) tarkibining fizik va kimyoviy o`zgarishiga aytamiz. Agarda
bunday o`zgarish inson hayotining faoliyati bilan kechsa - antropogen ifloslanish,
uning ishtirokisiz kechsa - tabiiy ifloslanish deyiladi.Atrof tabiiy muhitning
antropogen ifloslanishi iqtisodiy munosabat shaklida umumiy ifloslanishning 90-
97% ni tashkil etadi. Tabiiy moddalarning fizik va ximik o`zgarishi shaharlarda
asosan transport va sanoat hisobiga (80-85 %) bo`lsa, agrar tegralarda qishloq
xo`jaligini (70-85%) ximiyalashtirish, mexanizatsiyalash, meliorativ va irrigatsion
inshootlar qurish xaddan tashqari chorva mollari tuyoq sonini ma'lum bir
maydonlarda oshib ketishi hisobiga amalga oshmoqda. Sanoat tegralarida ifloslanish
metallurgiya va energetika tarmoqlarida juda yuqori darajadadir.Atrof muhitning
tabiiy ifloslanishi inson faoliyatini bevosita ishtirokisiz kechadigan tabiatdagi
jarayon va hodisalar: quyosh-kosmik (meteoritlarning tushushi, magnit bo`roni);
iqlim - gidrologik (tayfun, bo`ron, suv toshqini, havo-temperaturasi va yog`in
yog`ishlarning
kam
qaytariladigan
anomal
o`zgarishlari...);
geologik
-
geomorfologik (zilzila, sunami, vulkanning otilishi, sel ketishi, qor ko`chishi,
surilma, o`pirilish va tosh tushishi, muzliklarning bostirishi...); geoximik (yer osti