www.pedagoglar.uz 46-son 1–to’plam Iyul 2023
Sahifa: 43
insonlarning ehtiyotkorona munosabatda bo`lishlari ko`rsatilib o`tilgan. Masalan,
Zardushtlarning "Avesto" kitobiga binoan bolalar yoshligidanoq daraxt ko`chatini
o`tkazishlari shart bo`lgan. Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman
dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. Yer, suv,
havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi jazosiga mahkumdir. Lekin
bu kitobda ekologik jazo sifatida bir turdagi tabiiy obyektni buzgani uchun ikkinchi
bir turdagi tabiiy obyektdan qutilishni ham me'yor qilib qo`yganlar. Suvni iflos
qilgan yoki ov itini o`ldirgan kishi 10 ming ruhiatni tetiklashtiradigan o`simlik bargi
terishi, 1000 echkiemar, 1000 ta suv qo`ng`izi va kasallik tarqatuvchi pashshani
o`ldirib, gunohini yuvishi lozim bo`lgan.Uzoq tarixiy muddatni o`z ichiga olgan va
xanuzgacha rivojlanayotgan mamlakatlarda o`z asoratini saqlab kelayotgan iqtisodiy
munosabat shakli iqtisodni har qanday ekologiyadan ustuvor va ekologik siyosatdan
mutlaqo holiligini namoyon etmoqdalar. Garchi bunday o`lka va mamlakatlarda
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish borasidagi
huquqiy-me'yoriy hujjatlar yetarli bo`lsada, ularni amaliy tadbig`i ishlab
chiqilmagan yoki talablar davlat miqyosda targ`ib qilinmagandir. Aks holda qanday
tushunish mumkin-ki, haqiqiy demokratiya va adolat mezonining o`chog`i bo`lmish
Amerikada XIX asr ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida son-sanoqsiz
bo`lgan bizonlar yoppasiga qirib tashlandi, o`rmonlar maydoni 2 barobarga,
yemirilgan va yuvilgan yerlar 40 mln.ga yetgan, qishloq xo`jaligi oborotidan 50 %
tuproqli yerlar chiqib ketgan.Ilmiy- texnika yutuqlari u davrda ekologik xavfsiz
muhitni saqlab qolishga emas, balki global miqyosda qurolli to`qnashuvlarda va
sovuq urushlarda g`olib chiqish, ma'lum bir qatlamdagi aholini boyitishga xizmat
qilgan. Shuning uchun ham J.B.Lamark 1820-1960 yillarni "Inqilobiy sanoat
yuksalish" davri ekologik xavfsizlikni keskin ravishda inqirozga tomon sudragan
davri bo`ldi deb aytgan edi.Shunday qilib ekologik xavfsiz muhit inqirozi kishilar
faoliyatining atrof muhitga antropogen ta'sirining uch oqibatlar mujmui - tabiiy
resurslar kamayishi, atrof muhit ifloslanishi va ekologik tizimlarni buzilishi
maxsulidir. Tabiiy resurslar kamayishi - kishilarning xo`jalik va boshqa hayotiy