Sahroi kabir


SAHROI KABIRNING IQLIMI VA ICHKI SUVLARI



Yüklə 107,16 Kb.
səhifə4/10
tarix22.12.2023
ölçüsü107,16 Kb.
#189647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SAHROI KABIR

SAHROI KABIRNING IQLIMI VA ICHKI SUVLARI

Sahroi Kabirning katta qismida tropik, quruq va issiq, shim. da subtropik iqlim. Hududining aksari qismida yil davomida shim. sharqiy passat shamollari esib turadi. Muzlanish davrida Sahroi Kabirda iqlim sernamroq boʻlgan. Sahroi Kabirning sohil qismidan boshqa joylarida havo quruq. Yogʻin choʻlning shim. da, asosan, qishda, jan. da yozda yogʻadi. Yillik yogʻin Sahroi Kabirning tekislik qismida 50 mm dan, togʻliklarda 100 mm dan kam, chekkalarida 100—200 mm. Ichki r-nlarda yillab yogʻin yogʻmaydi, lekin ayrim vaqtlarda togʻlarda jala yogʻib sel keladi. Ahajjar va Tibasti togʻliklarining tepalarida qishda qisqa muddat qor yogʻadi. Havoning sutkali va yillik t-rasi farqi katta. Ayrim joylarda tra 56—58° ga yetadi. Iyul oyining oʻrtacha t-rasi 37,2°, yanv. niki 10°. Kishda hamma qismida kechasi tuproq muzlaydi. Eng past tra (—18°) Tibasti togʻida kuzatilgan. Yilning salqin oylarida kuchli shamol (tezligi 50 m/sek. gacha) esib chang va qum boʻronlari (samum) boʻladi.
3 - karta

Iqlimiy nuqtai-nazardan qaralsa, hozirgi Sahroi Kabir hududi paleotsen davri boshlarida, taxminan 5 mln yil avval choʻlga aylangan, sahro hududi soʻnggi marta neolitik subpluvial davrida savanna boʻlgan. Hozirgidek quruq iqlim taxminan 10 ming yildan beri davom etmoqda. Sahroi Kabir tabiiy sharoitining sezilarli darajada oʻzgarishini XVI asrdan XVII asrgacha, Yevropada Kichik muzlik davri yuz bergan vaqtda kuzatishgan. Bu vaqtda sahroning shimoliy chegarasi va shimoliy hududlari boʻylab yogʻingarchilik miqdori ortgan. XIX asrga kelib, sahro iqlimi xuddi hozirgiga oʻxshash koʻrinish kasb etgan. Sahroi Kabirning iqlimiga yil boʻyi shimoli-sharqiy passat shamollari kuchli taʼsir oʻtkazib keladi. Oʻrtacha namlik miqdori 30-50 %ni tashkil etadi, namlik miqdorining pastligi va yuqori darajadagi bugʻlanish (potensial bugʻlanish miqdori 2500-6000 mm) ingichka sohilboʻyi hududlarini hisobga olmaganda, sahroning barcha hududlari uchun oddiy holat hisoblanadi. Choʻlda ikkita asosiy iqlimiy sharoit ajralib turadi: shimolda quruq subtropik, janubda quruq tropik. Shimoliy hududlar sutkalik va yillik haroratning keskin oʻzgarishiga uchraydilar, qishda salqin, hatto sovuq va yozda oʻta issiq. Yiliga ikki marta oʻta kuchli yogʻingarchilik miqdori kuzatiladi. Janubiy hududlar yozi issiq, qish esa iliq va quruq. Issiq va quruq mavsumdan keyin yozgi yomgʻirlar mavsumi boshlanadi. Gʻarbiy sohilboʻyi qismlarda biroz salqinroq iqlim hukm suradi, buning sababi, sohilni sovuq Kanar oqimi yuvib turishidir.



Yüklə 107,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin