Sahroi kabir


TABIIY RESURSLARI ULARDAN FOYDALANISH VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH



Yüklə 107,16 Kb.
səhifə9/10
tarix22.12.2023
ölçüsü107,16 Kb.
#189647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SAHROI KABIR

2.3. TABIIY RESURSLARI ULARDAN FOYDALANISH VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH
Choʻl qadimiy Afrika platformasining shimoli-gʻarbiy Sahroi Kabir plitasida joylashgan. Plitaning markaziy qismi boʻylab gʻarbdan sharqqa tomon Markaziy Sahroi Kabir tepaliklar zonasi choʻzilib yotgan boʻlib, u yerda quyi kembriy davri kristall poydevori plita yuzasiga chiqib qolgan. Tepaliklar zonasidan shimolda va janubda Shimoliy Sahroi Kabir va Janubiy Sahroi Kabir pastliklari joylashgan boʻlib, u yerdagi platforma bukiklari fanerozoy choʻkindi togʻ jinslari bilan qoplangan. Bu zonalarda boʻr davri oʻrtalariga qadar qitʼaviy qatlamlar toʻplangan, keyinchalik ular boʻr davri oxirlari va paleogen davri boshlarida dengiz choʻkindilari bilan yopilgan (pastliklarning janubiy qismida dengiz choʻkindilari qalinligi pasayib boradi). Olitsogen davridan boshlab dengiz chekingan va qadimgi massivlar (ayniqsa Axaggar va Tibetsi) kuchli koʻtarilishlarga uchraganlar. Janubiy Sahroi Kabir pastliklar zonasida tekis Taodenni sineklizasi, Gao grabeni, Mali-Niger sineklizasi va Chad sineklizalari mavjud. Platformaning turgʻunligi sabab, paleozoy erasining formalari gorizontallikni saqlab qolgan va kam oʻzgargan. Sahroning shimoliy qismida (gʻarbiy Misr, Jazoir) bu jinslar choʻkiklar va havzalar bilan bogʻlanib ketgan. Sahroning janubiy qismidagi platforma bukilishlari kaynozoy koʻllari (Chad koʻli, va Unianga koʻllar guruhi shular jumlasidandir) bilan egallangan ulkan havzalarni vujudga keltirgan. Sahro hududida boy neft va gaz resurslariga ega Sahroi Kabir neft-gaz havzasi boʻlib, unda Xassi-Mesaud, temir rudasi, Kediyet Ijil, mis rudasi konlari mavjud. Oltin, volfram, uran va noyob metallar konlari quyi kembriy poydevori bilan bogʻliq.
Sahroi Kabirga uyushtirilgan bir necha ilmiy ekspeditsiyalar qatnashchisi, tarixchi va sharqshunos, yozuvchi va kinomatograf Nikolay Sologubovskiy buyuk sahro sirlarini ochishga muvaffaq bo‘lgan eng so‘nggi ekspeditsiyadan olgan taassurotlari haqida so‘zlab: “Tabiat hammaning ham bu hududga kirishiga yo‘l qo‘yavermaydi. Ehtiyot bo‘lmaganlarni esa, abadiy domiga tortib ketishi mumkin, — deydi. — Bizga hamrohlik qilgan mahalliy odamlar doimiy esib turuvchi sahro shamoli yaqinda o‘n yil burun tiriklay ko‘chma qumlar ostida qolib ketgan italiyaliklar mashinasi yo‘qolgan joyni ochib tashlaganini aytishdi. Qum bo‘roniga duch kelgan italiyaliklar bo‘ron tinishini mashina ichida kutishgan, biroq aksiga olib ularni butunlay qum bosib qolgan. Biroq bu hududlarda hali ochilmagan sirlar juda ko‘pga o‘xshaydi...”.
Sahrodagi eng sirli joylardan biri bu — Vaun-an-nomus deb ataladigan ­uyqudagi vulqon. Vulqon tog‘da emas, balki diametri o‘n ikki kilometr, chuqurligi 200 metrni tashkil etadigan “o‘ra”ga o‘xshash joy. “O‘ra”ning quyisida uchta ko‘l: ko‘k, yashil va qizil ko‘llar mavjud. Sahroi Kabir ustidan samolyotda uchib o‘tadiganlar ana shu ajoyib manzarani ko‘rishga muyassar bo‘ladilar. N.Sologubovskiy ishtirok etgan so‘nggi ­ekspeditsiya yo‘li Vaunannomusdan o‘tgan. “Biz tunni shu ko‘llardan birining sohilida o‘tkazmoqchi bo‘ldik, — deb yozadi u. — Biroq kuzatuvchilar bu fikrga qarshilik qilishdi. Dastlab u joyda ­iskabtopar chivinlar to‘lib-toshib yotibdi deyishdi, so‘ngra esa, ko‘l bo‘yida qolish juda xavfli, tunda suvdan bahaybat maxluq chiqib keladi, deb qo‘rqitishdi. Kuzatuvchilar tunni o‘tkazgani yuqoriga chiqib ketishdi, biz esa ko‘l bo‘yida qoldik. Haqiqatdan ham mutlaqo osoyishta sahro tunida vulqon og‘zidan odamni qo‘rqituvchi ovozlar, ingrash, guvillash, shovqin eshitila boshladi. Kutilmaganda oy yorug‘ida ko‘l ustida juda katta halqalar hosil bo‘la boshladi...”
«Global isish chindan ham iqlimni radikal tarzda o'zgarishga olib kelishi mumkin. Jahonning ko'plab mintaqalarida u qurg'oqchilik va qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligi kamayishiga sabab bo'lishi turgan gap, biroq Sahroi Kabirning bir cheti bo'lmish quruq Sohilda u, aksincha, suv bilan bog'liq vaziyatni yaxshilashi va chorvadorlik hamda qishloq xo'jaligi uchun qulay sharoitlar yaratilishiga olib kelishi mumkin», — deydi Germaniyaning Potsdam iqlimga oid tadqiqotlar instituti olimi Yakob Sheve.
Sahroi Kabir cho'li har doim ham qum bilan qoplangan bo'lmagan. 10 ming yil avval va taxminan 30–50 yil muqaddam u o't-o'lanlar va daraxtlardan iborat ulkan yashil tekislik bo'lgan. Antropologlarning fikricha, yashil Sahroi Kabir insoniyatning qadimiy ajdodlari Afrikadan chiqib, butun Yer kurrasiga tarqalishi uchun zamin bo'lgan.
Shevening hikoya qilishicha, so'nggi bir necha million yillar ichida Sahroi Kabir bir necha bor yashillikka burkanib, yana cho'lga aylanib, o'z qiyofasini Yer iqlimi tebranishlariga monand o'zgartirib turgan.
Bugungi kunda iqlim o'zgarishlari juda tezlashgan. Bu esa Sheva va uning hamkasblarini yaqin yuz yil ichida Sohil va uning atrofi qanday o'zgarishlarga duchor bo'lishini tekshirib ko'rishga undagan.
Buning uchun olimlar okeanlardagi oqimlarning, Afrika atmosferasidagi shamollarning o'zgarishi, o'rta yillik haroratning keyingi yillarda ham oshib borishi bilan bog'liq 30 ta turlicha iqlimiy modellarni yaratishgan.
Modellarning o'ntasi Sahroi Kabirda 2100-yilga borib hozirgidan 40–300 foiz ko'proq yog'ingarchilik yuz berishi va bu ko'payish iqlimiy model ma`lum bir harorat chegarasini bosib o'tgach, juda tez — 5-10 yil ichida sodir bo'lishini ko'rsatgan. Natijada Chad, Niger, Mavritaniya, Mali va Afrikaning boshka ko'plab cho'lli davlatlarining hududlari jungli va savannalar bilan qoplanib, tropik Afrika mamlakatlari singari yog'ingarchilikka ega bo'ladi.

XULOSA
Sahroi Kabirning hududi bepoyon. U yerda faqat qum barxanlarigina emas, qurigan daryo o‘zanlari tushgan toshli yassi tog‘lar ham bor. Qachonlardir global sovush davrida Yevropani muzliklar qoplab yotganda Sahroi Kabir hududida daryolar hayqirib oqqan, yam-yashil o‘rmonlar shovullab tebranib yotgan bo‘lishi mumkin. Bugun ham barxanlar orasida goho noyob ko‘lli vohalaru ularda suzib yurgan timsohlar uchraydi. Ba’zan esa qum barxanlari “jip“ mashinalarda soatiga 150 kilometr tezlikda yelish mumkin bo‘lgan ulkan tekisliklar bilan o‘rin almashadi.
Sahroi Kabir tadqiqotchilarini mazkur “ochiq osmon ostidagi muzey”ning hozirgacha kam o‘rganilgan g‘orlari va qoyalaridagi toshbitiklar o‘ziga chorlaydi. 14 ming yil burun qoyatoshlarga o‘yilgan ulkan petrogliflar — yovvoyi hayvonlar, kamon otayotgan ovchilar tasviri uzunligi ikki metrgacha. Liviya janubidagi Vadi Matxandushda qurigan daryo o‘zani bo‘ylab qoyatoshlarga bitilgan rasmlar 60 kilometrga cho‘zilgan, o‘ziga xos ansambl hosil qilgan. Dunyoning biron joyida bu kabi mo‘‘jiza topilmaydi. Rasmlar ma’lumotli odamlar tomonidan chizilganday tuyuladi. Syujetlari esa har xil: ayrim qiyofalarda kosmonavtlarning skafandriga o‘xshab ketadigan niqoblar ham tasvirlangan. Fillar, hatto pingvinlar tasviri ham borki, bu ularni juda o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.


Yüklə 107,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin