Sahroi kabir


II BOB. SAHROI KABIRNING O’SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI



Yüklə 107,16 Kb.
səhifə6/10
tarix22.12.2023
ölçüsü107,16 Kb.
#189647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SAHROI KABIR

II BOB. SAHROI KABIRNING O’SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI
2.1. Sahroi Kabirning tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot dunyosi
Sahroi Kabirning asosiy qismi tuproqlari tropik choʻl, yarimchoʻl (mayda tosh, shagʻalli, qumli) xarakteriga ega. Tuproq organik moddalarga boy emas, tuproq qatlamlarining farqi yaqqol sezilmaydi. Ayrim hududlarda azot toʻplovchi bakteriyalar uchrasada, Sahroi Kabir tuprogʻi biologik jihatdan nofaol hisoblanadi.
Choʻlning chekka qismlarida organik moddalar miqdori koʻproq; choʻnqirlarda asosan tuzga boy tuproq uchraydi. Oʻzaro birikmagan karbonatning mavjudligi past darajadagi ishqorlanishdan dalolat beradi. Sahroning shimoli-gʻarbiy hududkarida 1-2 m qalinlikka ega boʻlgan oxak-gips aralashmali tuproq qatlamlari koʻproq tarqalgan.
Oʻsimliklarga nisbatan ehtiyotsiz muomala va oʻzboshimchalik bilan tuproqqa ishlov berish va shamollar oqibatida, koʻchib yuruvchi qumlar vohalarni egallab olmoqda. Buning oldini olish maqsadida 1974 yil Liviyada “yashil devor” loyihasi boshlab yuborilgan, unga koʻra 1500 km masofaga ekilgan evkalipt va b. d araxtlardan tabiiy qalqon hosil qilingan.

2-rasm. Ubari vohasidagi palma daraxti

Erg-Shebbidagi xurmo daraxti

5 -karta.


Sahroi Kabir florasi v a faunasi
Sahroi Kabir florasi uncha boy emas, u vadilardan uzoqda, vohalarda, baladliklarda oʻsuvchi kam turli oʻtlar, butalar va daraxtlardan tashkil topgan. Choʻnqirlarda tuzga chidamli galofitlar oʻsadi. Suv taqchil boʻlgan tepalik va platolarda issiqlikka moslashgan oʻt, buta va daraxtlar oʻsadi. Koʻplab hududlarda oʻsimlik umuman uchramaydi. Sahroning deyarli barcha hududlaridagi oʻsimliklarning hayotiga inson omili juda kuchli taʼsir oʻtkazgan (chorvachilik, dorivor oʻsimliklarni yigʻib olish va h.k.). Sahroi Kabirning oʻsimliklar dunyosi ayniqsa yogʻingarchilikning nomuntazamligiga yaxshi moslashgan. Koʻp yillik qurgʻoqchilikka chidamli butalar ancha uzun va koʻp tarmoqli ildiz tizimiga ega (15-20 mgacha). Oʻtsimon oʻsimliklarning eng koʻp tarqaligan turlaridan biri efemerlar boʻlib, ular yetarlicha namgarchilikdan keyin uch kun ichida urugʻ hosil qiladilar va 10-15 kun ichida urugʻlarini atrofga yoyadilar. Sahroning togʻli hududlarida Oʻrtayer dengizi endemiklarining turdoshi hisoblangan neogendavri reliktli oʻsimliklari uchraydi. Togʻlarda oʻsuvchi daraxtsimon reliktlilar orasida zaytun, sarv kabilarni uchratish mumkin. Bundan tashqari choʻlda akatsiya, yulgʻun, shuvoq, oleandr, xurmo, efedra kabi oʻsimliklar mavjud. Vohalarda finik palmasi, anjir, zaytunsimon va mevali daraxtlar, ayrim sitruslar, turli sabzavotlar oʻsadi. Atlantika okeani qirgʻoqlarida turli ajriqlar va boshqa shoʻrlikka chidamli oʻsimliklar oʻsadi. Suv havzalarida suv oʻtlari uchraydi.
3-rasm.

Yüklə 107,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin