Sahroi kabir


Shimoliy Afrikaning siyosiy kartasi



Yüklə 107,16 Kb.
səhifə8/10
tarix22.12.2023
ölçüsü107,16 Kb.
#189647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SAHROI KABIR

Shimoliy Afrikaning siyosiy kartasi.

Quruq subtropiklar shuningdek, ichki hududlardan koʻp kunli qum boʻronlarini olib keluvchi, issiq shamollari bilan ham mashhurdir (shamol tezligi baʼzida 50 m/sekundga yetadi). Ular ayniqa bahorda kuzatiladi, lekin boshqa fasllarda ham bunday holat yuz berishi mumkin. Misrda bu shamollar xamsin va samum, Liviyada gibli, Tunisda chili deb ataladi. Sudan bunday shamollar xabub deb atalib, uning davomiyligi qisqaroq va yomgʻirlidir.
Janubning quruq tropik iqlimiga kuchli bosimli havo yacheykasidan tashqari, muqim subtropik mavsumiy qitʼa havosi va janubroqda joylashgan oʻzgarib turuvchi dengiz havo oqimi doimiy taʼsir oʻtkazadi. Quruq tropik iqlim sutkalik haroratining yillik oʻzgarishi oʻrtacha 17,5 °C ni tashkil qiladi. Eng sovuq oylarning oʻrtacha harorati xuddi shimoliy hududlar kabidir, lekin sutkalik haroratning oʻzgarish keskinligi pastroq. Togʻli hududlarda baʼzida harorat nol darajadan pastroq boʻlishi mumkin. Tibesti togʻlarida qayd etilgan eng past harorat −15 °C. Bahorning oxiri va yozning boshlanishi juda issiq, koʻp hollarda havo harorati 50 °C gacha yetadi.[1] Quruq tropiklarning togʻli hududlarida yillik yogʻingarchilik miqdori yuqori emas, tekislik hududlarida yomgʻirlar asosan yozda yogʻadi. Shimolda boʻlgani kabi yomgʻirlar asosan momaqaldiroq bilan davom etadi. Yillik yogʻingarchilik miqdori oʻrtacha 130 mmni tashkil etadi, markaziy togʻli massivlarda kam hollarda qor yogʻishi mumkin. Sahroning gʻarbiy qismi harorati sovuq Kanar oqimi taʼsirida biroz iliqlashadi, natijada konveksion yogʻingarchilik miqdori kamayadi, namlik miqdori ortadi va tuman tushishi kuzatiladi. Janubiy hududlarda qish, chang va qum olib keluvchi quruq shimoli-sharqiy shamol — xarmatan davri hisoblanadi.
Sahroi Kabirning g‘arbiy chekkasi boshqa tipdagi cho‘l bo‘lib, sohil cho‘llari tipiga kiradi, chunki bu yerlar sovuq Kanar oqimi ta’sirida, Atlantika okeani sohilidadir. Okean yaqin bo‘lganidan u qadar qattik; issiqlar bo‘lmaydi. Havoning nisbiy namligi 75-80% ra yetadi. Sohilda salqin briz shamollari esib turadi. Lekin, Sahroi Kabirning ichki rayonlariga nisbatan yomg‘ir bir oz ko‘proq bo‘ladi.
Afrikaning shimolida tropik cho‘llar juda katta territoriyani egallagan. Cho‘l va chala cho‘l landshaftlari Atlantika okeanidan Qizil dengizgacha, Atlas tog‘lari etagi va O‘rta dengiz sohilidan, Senegal daryosi quyi oqimidan Chad ko‘li orqali Nil daryosi bo‘yidagi Xartum shahriga boradigan chiziqqacha bulgan maydonni egallagan. Maydoni taxminan 7 mln. km2 bulgan ana shu katta territoriya umumiy nom bilan Sahroi Kabir deyiladi.
Sahroi Kabirning chekka sharqida Qizil dengiz bilan Nil daryosi oralig‘ida kristalli fundament bir oz ko‘tarilgan va ba’zi bir joylari mezozoy qumtoshlari bilan qoplangan. Ane shu yerda chuqur quruq daralar bilan kesilgan va balandligr 2000 m ga yetadigan supasimon platolar ko‘tarilgan. Bu quru daralar o‘tmishdagi sernamroq davrda eroziya kuchli bo‘lgansh ko‘rsatadi. O‘lkaning bu qismi Arabiston va Nubiya cho‘llari deb ataladi.Nil daryosidan g‘arbda dunyodlgi eng katta qum uyumlardan iborat bo‘lgan Liviya cho‘li platosi joylashgan. Shimolda Sahroi Kabir yuzasi asta-sekin pasaya boradi.

Yüklə 107,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin