Sahroi kabir


SAHROI KABIRNING GEOLOGIK TUZULISHI



Yüklə 107,16 Kb.
səhifə3/10
tarix22.12.2023
ölçüsü107,16 Kb.
#189647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SAHROI KABIR

SAHROI KABIRNING GEOLOGIK TUZULISHI

Sahroi Kabir geologik jihatdan AfrikaArabiston platformasining shimoliy g`arbiy qismidir. Uning kembriygacha boʻlgan zamini markaziy qismida va Nubiya-Arabiston qalqonining gʻarbiy chekkasida yer yuziga chiqib qolgan. Boshqa joylarida qadimiy jinslar ustini dengiz yotqiziqlari qoplagan. Foydali qazilmalardan neft va gaz, temir va mis rudalari, oltin, volfram, uran konlari bor.
Turli manbalar Sahroi Kabirning maydonini turlicha talqinda aniqlashtirishadi, shuning uchun maydon oʻlchamlari bahosi oʻzgarib turadi. 100 va 200 mmli izogiyeta, quruqlik indeksi, xurmo daraxtlarining meva berish chegaralari va shimolda sparto oʻtlarining oʻsishi, shuningdek, janubda boshqa turdagi oʻsimliklarning oʻsish maydoni kabi aniqlash usullaridan foydalanishadi.
Ayrim manbalar Sahroi Kabirning sharqiy chegarasi Nil daryosi bilan tugashini hamda Arab choʻli va Nubiya choʻli uning tarkibiga kirmasliklarini yozishadi. “Большая Советская Энциклопедия, БСЭ”da choʻl diapazoni 6 mln.dan dan 8 mln km2 gacha ekanligi yozilgan. Britannika ensiklopediyasi maʼlumotlariga qaraganda Sahroi Kabir 8,6 mln km2 maydonni egallagan boʻlib, u qitʼa hududining 30 %ini egallagan. WWF tashkiloti (Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) esa, sahro maydonini 9,1 mln km2 deya taʼkidlaydi.
Sahroi Kabirning landshafti turli-tuman. Maydonining koʻp qismini (70 %ga yaqin) qoyali gil tepaliklar va 500 mgacha balandlikka ega toshli platolar (xamada)dan iborat. Sahroning markaziy qismida Tibesti (Sahroi Kabirning eng baland nuqtasi — Emi-Kusi vulqoni) va Axaggar (Taxat togʻi, 3003 m) togʻlari mavjud. Bu hududlarda neogen va antropogen davrlarida juda faollashgan vulqonlarning, chuqur va keng vodiylar (kengligi 30 km, uzunligi 400 km) va qurib qolgan qadimgi daryolar oʻzanlaridan iborat. Togʻoldi hududlarining oʻziga xos jihati shuki, u yerda togʻ jinslarini oʻrab oluvchi ferromarganetsli qora qatlam mavjuddir. Sahro platosi asosan shamolda uchib yuruvchi jinslardan tarkib topgan (masalan, Jazoirdagi Tademait platosi). Sahroi Kabirda qoyalar, togʻlar va platolardan tashqari koʻplab uncha chuqur boʻlmagan shoʻrxok, oqmas suv havzalari (sebxalar, shottlar va dayilar), vohalarga ega ulkan choʻkiklar ham uchraydi.
2-karta

Choʻlning nisbatan quyi joylashgan hududlari — Kattara (-133 m, Sahroi Kabirning eng past nuqtasi), Al-Fayyum, Melgir (-26 m) va Bodeledir. Turgʻunlikka moslashgan vadilar, qumli choʻllar (erglar) va dyunalar sahroning 25 %ini yaʼni 2,2 mln km2 maydonini egallagan. Sahroning eng koʻp qumga ega qismlar — Igidi, Erg-Shesh, Katta Gʻarbiy Erg, Katta Sharqiy Erg, Erg-Shebbi va boshqalardir. Barxanlar tizmasi nimjon kserofit oʻsimliklar bilan qoplangan. Sahroda aylana, yulduzsimon, kesishgan dyunalar, oʻroqsimon barxanlar uchraydi; piramidasimon dyunalar 150 mgacha, tizmalar 200-300 mgacha balandlikka yetishi mumkin. Shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarning janubi — Aubari, Idexan-Marzuk, Tenere, Liviya choʼlida koʻchib yuruvchi qumliklar uchraydi. Sahro boʻylab Jazoir shahridan boshlanuvchi ikkita avtomagistral oʻtgan. U Ayn-Salah va Tamanrasset orqali oʻtib, Lagosda tugaydi. Ikkita tarmoqlanishga ega: birinchisi Agades (Niger) va Gao (Mali) orqali, ikkinchisi Tuat vohasidan oʻtadi. Adrar, Tamanrasset va b. bir necha shaharlarda aeroportlar bor.




    1. Yüklə 107,16 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin