Ichki suvlari
Choʻl tashqarisidan oqib kiruvchi bir necha daryo sahroning yer usti va yer osti suvlarini toʻldirib turadi. Nil sahrodagi yagona doimiy suv oquvchi daryodir[5]. 1964-1968 yillarda Nil daryosida Nosir nomli katta suv ombori qurilgan. Nil suvi pasaygan paytda bu ombor Toshka koʻllarini vujudga keltiradi. Sahro janubida bir necha daryolar Chad koʻliga quyiladi, ularning koʻplari shimoli-sharqqa tomon yurishni davom ettirib, mahalliy suvli qatlamlarni boyitadi. Choʻlning janubi-gʻarbiy qismidan oʻz ichki deltasiga Fagibin, Garu, Niangay va b. koʻllarni olgan Niger daryosi oqib oʻtadi.
4-karta
Sahroning shimoliy hududlariga Liviya, Jazoir, Tunis va Marokashning Antiatlas, Atlas, Ores va boshqa sohilboʻyi tepaliklaridan oqib keladigan, irmoqlar va vadilar (asosan quruq, kuchli yomgʻirlardangina toʻlib oquvchi suv yoʻllari) suv olib keladilar. Bunday daryolardan eng kattalari — Draa, Saura va Ziz. Ulardan kichikroq vadilar asosan kelib shottlarga quyiladilar. Sahroi Kabirning ichki qismida Axaggara, Tassilin-Ajera va Tibesti oʻzanlaridan qadimiy va keng daryolar tarmogʻi — Igargar, Tafasaset, Tamanrasset va b. vadilar yoyilib ketadi. Ulardan ayrimlari juda qadimda, qitʼaning iqlimi namroq boʻlgan paytlarda vujudga kelgan, boshqalari esa, Jazoirning Tamanrasset shahrini vayron qilgan suv toshqini (1922 yil) kabi tabiiy toshqinlar natijasida paydo boʻlgan. Sahroning qumli dyunalari yomgʻir suvining koʻpgina qismini oʻzida saqlab qoladi. Keyinchalik ular sahro qiyaliklaridagi buloqlardan sizib chiqadi. Yomgʻirlar shuningdek geltalarni ham toʻldiradilar, geltalardan ayrimlari doimiy boʻlib, ular qurib qolmaydilar (Arshey, Zemmur va b.). Sahroi Kabirning chekkalari, va markaziy togʻ massivlarida botqoqlashgan va kuchli minerallangan relikt koʻllar ham saqlanib qolgan, misol uchun Unianga koʻllar guruhiga kiruvchi Yoa koʻlini keltirish mumkin. Sahroi Kabir qumlari ostida ulkan yerosti suv havzalari joylashgan, ular orasida artezian suv havzalarini mavjud. Bu havzalar asosan kontinental quyi boʻr davri qumtoshlari qoshida mavjud boʻlib, vohalarni suv bilan taʼminlaydi. Yerosti oqimining kuchliligi sabab, sahroning shimoliy qismi yerosti suvlariga boy, yerning nam qatlami esa, biroz quyiroqda joylashgan.
Yerosti suvlaridan irrigatsiya maqsadida ham foydalanishadi, bunga misol qilib Liviyaning Buyuk sunʼiy daryo loyihasini keltirish mumkin.
1-rasm
Buyuk Atlas togʻlaridan Sahroga oqib tushuvchi Ziz daryosi
Sahroi Kabirda oqar suvlar kam. Choʻlni kesib oʻtuvchi eng yirik daryo — Nil. Baʼzan kuchli yomgʻir yoqqandan soʻng quruq oʻzanlar qisqa muddat suvga toʻladi. Togʻlarda suvi juda minerallashgan kichik qoldiq koʻllar uchraydi. Sahroi Kabir yer osti suvlariga boy. Buloq va quduklar atrofida vohalar vujudga kelgan. Choʻlning shim. da yer osti suvlari yer yuziga yaqin, artezian qudugʻi koʻp.
Dostları ilə paylaş: |