S ahroning eng chekka hududlarida yashovchi va qirilib ketish xavfi ostida turgan addaks antilopasi Sahroi Kabir faunasi Efiopiya va Golarktika zoogeografik hududlarga mansub boʻlib, 4 mingga yaqin turga boʻlinadi (asosan umurtqasizlar). Sahro hududida endemiklik 10-12 %ni tashkil qilsa ham, hududdagi hayvonotning 40 %i afrika endemiklari turiga mansub. Choʻl jonivorlarining yashash hududi asosan markaziy togʻoldi hududlar bilan cheklanadi.
Qurgʻoqchil yerlarda jonivorlar soni va turlari juda kamchilikni tashkil qilib, hatto 2 kg/ga gacha kamayib ketishi mumkin. Jonivorlarning asosiy qismi tungi hayot tarzini olib borishadi. Sutemizuvchilar (60 ga yaqin tur): qumsichqonlar oilasi, qoʻshoyoqlar oilasi, karp quyoni, efiopiya tipratikani, barbar qoʻyi, hanjarshox antilopa, dorkas gʻizoli, muflon, nubiya yovvoyi eshagi, pavian (Air va Tibestida), yoldor sirtlon, shoqol, gepard, choʻl tulkisi, fenek va mangustsimonlar (misr mangusti va b.) uchraydi.
Shimoliy Sahroi Kabirdagi oxirgi addaks antilopasi 1920 yillar boshida oʻldirilgan. Sahroning janubi va markaziy togʻli hududlarda uning populyatsiyasi ancha qisqarib ketgan. Shimoliy Afrika fili Qadimgi Rim davridayoq qirilib ketgan. Shimoliy chegaralarda sher va tustovuqni oxirgi marta 1830 yilda uchratishgan. Agar uchib oʻtuvchi koʻchmanchi qushlarni qoʻshib sanasa, sahroda yashovchi jonivor turlari soni 300 dan ortadi.
Sohilboʻyi hududlari va ichki suv havzalari koʻplab suvda suzuvchi qushlarni oʻziga jalb qiladi. Ichki hududlarda tustovuq, turli etxoʻr qushlar, kotibqush, Neotis nuba, afrika ukkisi, sesarka, boyqush, choʻl quzgʻuni va b. uchraydi. Kaltakesaklar, echkiemarlar, buqalamunlar, uzunoyoqlar, shoxdor ilonlar va kobralar toshloq va qumloq hududlarda yashaydilar. Turli shilliqqurtlar qushlar va b. jonivorlarning ozuqasiga aylanadi. Koʻllarning hayvonot dunyosini asosan qurbaqalar, baqalar, kichik timsohlar, artemiyalar va qisqichbaqasimonlar tashkil qiladi. Shimoliy Sahroi Kabirning reliktli tropik suv faunasi asosan somsimonlar va etropluslardan iborat.
Hayvonot dunyosi Golarktika va Efiopiya zoogerografik oblastlariga mansub, 4000 tur hayvon yashaydi. Jami hayvon turlarining 40% faqat Afrikada uchraydi, lekin Sahroi Kabir uchun endemiklari 10—12% dan oshmaydi. Sut emizuvchilarning 60 turi maʼlum. Hayvonlarning aksari qismi tungi hayot kechiradi.
Tuprogʻi Sahroi Kabirning aksari qismida tropik choʻl va chala choʻlga xos oddiy tuproq. Ohakgipsli qatlamlari koʻp uchraydi. Sahroi Kabir oʻsimliklari Golarktika flora oblastiga mansub. Yuksak oʻsimliklarning 1200 turi mavjud.
Oʻsimliklarining aksari qurgʻoqchilikka chidamli boshoqli oʻtlar va butazorlardan iborat. Yomgʻirdan keyin efemerlar usadi. Sahroi Kabirda oʻsimlik juda siyrak, kattagina maydonlarda esa umuman oʻsimlik oʻsmaydi. Sahroi Kabirning shim. qismida Oʻrta dengiz atrofiga xos oʻsimliklar, jan. da esa akatsiya, yulgʻun, chakanda va b. oʻsadi. Togʻli yerlarda qad. oʻsimlik vakillari uchraydi, endemik turlari ham koʻp. Choʻddagi vohalarda va Nil vodiysida xurmo, anjir, zaytun va mevali daraxtlar, sitrus oʻsimliklar oʻstiriladi, sabzavot yetishtiriladi.
2.2. SAHROI KABIRNING GEOGRAFIK RAYONLARI Sahroi Kabir tabiiy geografik rayonlashtirilishi jihatdan tabiatidan bir-biridan farq qiluvchi 3 ta tabiiy geografik oblastga bo`linadi
1-(kartada 6 – raqam bilan belgilangan)G`arbiy Sahroi Kabir 2-(kartada 7-raqam bilan belgilangan)Markaziy Sahroi Kabir 3-(kartada 8-raqam bilan belgilangan)Sharqiy Sahroi Kabir oblastlari va kichik rayonlarga ham ajratiladi
Sahro shimolidagi quruq subtropik iqlimni Shimoliy tropik uzra esuvchi kuchli bosim ostidagi Xardli yacheykasi bilan izohlash mumkin. Sutkadagi oʻrtacha haroratning yillik farqi taxminan 20 °C. Qish shimolda nisbatan sovuq, markaziy hududlarda biroz salqin. Shimoliy hududlarda qish faslining oʻrtacha harorati +13 °C, iyul oyining oʻrtacha harorati +37,2 °C (Adrar), sutkaning oʻrtacha harorati esa, +40 °C dan ham oshishi mumkin.
Yoz va qishda sutkalik harorat sezilarli darajada oʻzgarishi mumkin. Qish tunlarida tuproq muzlaydi, markaziy hududlarda esa, tunhi harorat −18 °C gacha yetishi mumkin. Yoz issiq, kuzatilgan maksimal harorat +57,8 °C (Al-Aziziya). Yer yuzasining qizishi +70…+80 °C gacha yetadi. Yogʻingarchilik miqdori turli xilda boʻlib, oʻrtacha yillik yogʻingarchilik 76 mm. Yomgʻirlar asosan dekabrdan to martgacha kuzatiladi, maydan iyuncha yogʻingarchilik miqdori kamayadi. Yomgʻirlar mavsumining ikkinchi qismi avgust oyiga toʻgʻri keladi, momaqaldiroq kuzatiladi. Bu vaqtda kuchli ammo qisqa toshqinlar yuzaga kelishi mumkin.
Ichki hududlarda bir necha yillab yogʻingarchilik kuzatilmasligi mumkin, Axaggar va Tibestining shimoliy hududlarida esa deyarli har kuni qisqa muddatli qor yogʻadi. Sahroning katta qismida tong paytlarida shudring tushishi kuzatiladi.
6-karta.