Sahroi kabir


I BOB. SAHROI KABIR CHO’LINING UMUMIY TAVSIFI



Yüklə 107,16 Kb.
səhifə2/10
tarix22.12.2023
ölçüsü107,16 Kb.
#189647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SAHROI KABIR

I BOB. SAHROI KABIR CHO’LINING UMUMIY TAVSIFI

    1. SAHROI KABIRNING GEOGRAFIK O’RNI.

Sahroi kabir (arab. Katta choʻl) — Yer yuzidagi eng katta tropik choʻl. Afrikaning shim. da. Mayd. 7 mln. km2 dan ziyod (Afrika hududining 25%). Gʻarbdan sharqqa 5700 km ga choʻzilgan, eni 2000 km gacha. Sahroi Kabirda Marokash, Tunis, Jazoir. Liviya, Misr, Gʻarbiy Sahroi Kabir, Mavritaniya, Mali, Niger, Chad, Sudan davlatlari toʻliq va qisman joylashgan. Yer yuzasining 80% tekislikdan iborat boʻlib, bal. 200—500 m. Sharqiy va shim. qismida berk xavzalar bor, baʼzilarining yer yuzasi dengiz sathidan ancha past, mas, Kattara (—133 m), AlFayyum va b. Markazida Axajjar (eng baland joyi Taxat choʻqqisi, 3003 m) va Tibasti (eng baland joyi 3415 m, Sahroi Kabirda eng baland) vulkanik massivlar joylashgan. Sahroi Kabirning landshafti juda xilmaxil.
1-karta
Afrika Cho`llarning geografik o`rni

Hududining 70% toshloqli choʻl, peg, serir, qumli choʻl (erg) va shoʻrxoklar bilan band, togʻli yerlar ham chaqirtoshlardan iborat. Choʻlning shim. va shim. sharqiy qismida qum uyumlari shamolda koʻchib yuradi. Katta maydonlarni kserofit oʻsimliklar ildizi bilan mustahkamlangan joʻyakli kum uyumlari (bal. 200—300 m) egallagan.


Sahrói Kabír — Yer yuzidagi eng katta tropik choʻl. Afrika qitʼasining shimolida joylashgan. Gʻarbdan sharqqa qarab taxminan 4800 kmga, shimoldan janubga qarab 800 dan 1200 kmgacha choʻzilgan; 8,6 mln km maydonni egallagan (Afrika qitʼasining 30 %ga yaqin maydoni, Braziliyadan kattaroq). Gʻarbdan Atlantika okeani sohillarigacha, shimolda Atlas togʻlari va Oʻrtayer dengizi, sharqdan Qizil dengiz bilan oʻralgan. Sahroning janubiy chegaralari (16° shimoliy kenglikda) kamharakat qumli dyunalar iborat, undan janubda Sudan savannasiga oʻtuvchi Saxel regioni joylashgan.
Sahroi Kabir qisman oʻndan ortiq mamlakat — Jazoir, Liviya, Mali, Marokash, Mavritaniya, Misr, Niger, Sudan, Tunis, Gʻarbiy Sahroi Kabir va Chad hududini egallaydi. Choʻlning katta maydonida oʻtroq ahloli yashamaydi, oʻtroq hayot asosan vohalar, Nil va Niger daryosi vodiylarida tarqalgan. Sahroi Kabirda asosan qumli-toshli rayonlar koʻp uchrasada, uni faqat bir tipdagi choʻllar kategoriyasiga kiritib boʻlmaydi. Sahro turli hududlarga boʻlib, boʻlib, ular: Tenere, Katta Sharqiy Erg, Katta Gʻarbiy Erg, Tanezruft, Al-Hamro, Igidi, Erg-Shesh, Arab choʻli, Jazoir choʻli, Liviya choʻli, Nubiya choʻli va Talaq choʻllaridir. Sahroi Kabir doimiy ravishda oʻsib bormoqda: u har yil janubga tomon 6÷10 kmga kengaymoqda.
Sahroi Kabir nomining ilk bora esga olinishi eramizning I asriga oid. U arabcha arab. (ṣaḥrāʾ) soʻzidan olingan boʻlib, “choʻl”, “sahro” maʼnolarini beradi, bu soʻzning koʻplik maʼnosini beruvchi koʻrinishi esa “ṣaḥārā” koʻrinishiga egadir. Bundan tashqari, uning sifat beruvchi “aṣḥar” soʻzi bilan aloqasi bor, deb hisoblashadi, bu soʻz hech nima oʻsmaydigan qizil tekislik, maʼnosini anglatadi. Boshqa manbalarga qaraganda, qadimgi arab tilida “sahra” — “jigarrangsimon qizil” maʼnosiga ham ega. Sahroi kaborning bir nechta rayonlarining nomi, jumladan Tanezruft (Jazoirning janubi-gʻarbi), Tenere (Nigerning markazida), Shimoliy Afrikaning tub aholisi hisoblanmish, barbarlar tilidan olingan.
Sahroi Kabirning hududi salkam AQSH hududi bilan tengligiga qaramay, (Nil vohasini qoʻshib hisoblaganda ham) aholi zichligi bor-yoʻgʻi km2 ga 0,4 kishini tashkil qiladi (2,5 mln kishi). Juda katta hududlarda aholi yashamaydi. Qadimgi davrlarda Sahroi Kabir hududlari bundanda koʻproq aholiga ega boʻlgan. Sahro hududida keng tarqalgan TOSH yodgorliklar, toshqotgan buyumlar va qoyatosh suratlari bu yerlarda insonlar hamda antilopa, buyvol, jiraf, fil, karkidon, tongʻiz kabi koʻplab jonivorlar yashaganliklaridan guvohlik beradi. Suyakdan yasalgan nayzalar, chigʻnoq va baliq tozalangan joylar, ov qilingan timsoh, begemot suyaklari qadimiy koʻllar boʻyida aholi yashash joylari boʻlganligini bildiradi. 7 ming yil avval Sahroi Kabir hududida chorvachilikning paydo boʻlishi, insonlar hayotida ovchilik va baliqchilik emas, koʻchmanchi chorvachilik muhim oʻrin tutishiga turtki boʻldi. Nigerning Tenere hududida yashovchi barbarlar va zagavalarga qardosh hisoblangan qadimgi xalqlar yirik shoxli hayvonlarni koʻpaytirish bilan shugʻullanganlar. Qoʻy va echkilarning xonakilashtirilishi Kaspiy madaniyati va shimoli-sharqiy Afrika xalqlari bilan bogʻliqligi taxmin qilinadi. Yerga ekin ekish madaniyati 6 ming yil avval Misrda arpa, bugʻdoy ekilishi bilan kirib kelgan deb hisoblanadi. Bunday qishloq-xoʻjalik madaniyati Osiyodan kirib kelganligini Mavritaniya hududidan topilgan kulollik buyumlari isbotlaydi. Bu buyumlar er. avv. 1000 yilga mansub boʻlib, soninke xalqining ajdodi boʻlgan gangaralarga tegishli, deb hisoblanadi.
Qishloq xoʻjaligi va uy hayvonlarining paydo boʻlishi koʻplab xalqlarni oʻzaro yaqin qabilalar bilan savdo aloqalari oʻrnatishga undadi. Tashqi savdo rivojlana bordi. Er. avv II mingyillikdayoq Mavritaniya misi Oʻrtayer tamadduni vakillariga qadar yetib borgan. Temir asrida Sahroi Kabir sivilizatsiyasi rivojlana borgani sayin, (er. avv. I asr) savdo-sotiq aloqalari ham kamol topa bordi. Choʻllanish, sahro ahlini savdo sotiqda ot va qoramollardan kechib, tuyalardan foydalanishga undadi. Ammo Misrda tuyalardan mil. avv. VI-III asrlardayoq foydalana boshlangan. Sahro aholisi tez-tez saxanjilar va boshqa koʻchmanchilarning hujumlariga uchrab turganlar.
Voha aholisining koʻpchiligi koʻchmanchilar tomonidan qul qilib olib ketilgan. VII-XI asrlarda Shimoliy Afrikada islom dinining tarqalishi, oʻz mahalliy dinini saqlab qolishni istovchi koʻlab barbarlar va arablarni sahroning ichki hududlariga koʻchib ketishga majbur qildi. Savdo yoʻli bilan tarqalgan islom dini oxir-oqibatda sahro ahlining asosiy diniga aylandi.
Aholi madaniyatining turli-tumanligiga qaramay, sahroda yasovchilarni asosan uch guruhga kiritish mumkin, bular: chorvachilik bilan shugʻullanuvchilar, oʻtroq yer egalari va hunarmandlar. Ayrim jihatlari bilan koʻchmanchi hisoblanuvchi chorvachilik hozirda chekka hududlarda, togʻ yonbagʻirlarida va nisbatan namlik yuqori boʻlgan gʻarbiy hududlarda tarqalgan.
Yirik shoxli qoramol Saxel bilan chegara hududlarda koʻproq boqilsa, choʻl hududlarida tuya, echki va qoʻy koʻproq boqiladi. Chorvadorlarning asosiy guruhlari sahroning shimoli-gʻarbida yashovchi regeybat va Jazoir choʻllarida yasohvchi chaamba qabilalaridir. Qurgʻoqchilik chorvodorlar davrlarida oʻtloqlarni izlab katta koʻchishlarni amalga oshirganlar. Oʻzlarining jangovarligi bilan nom qozongan tuareglar, islom aqidalariga qaramasdan, haligacha matriarxat jamiyatining anʼanalarini saqlab qolganlar, ularda ayollarga koʻplab imtiyozlar berilgan.
Oʻrta asrlarda Sahroi Kabir orqali Atlantika okeani sohillaridagi mamlakatlar va Shimoliy Afrikaning koʻplab shaharlarini bogʻlab turuvchi savdo yoʻli oʻtgan. Asosiy savdo yoʻllari bir necha marta oʻzgargan. U XI asrgacha Gana imperiyasi orqali oʻtgan boʻlsa, XII sharqdan oʻtib, Malining oltin konlari va Shimiloy Afrikaning savdo shaharlarini oʻzaro bogʻlagan. Mali otini, koʻplab boshqa mollar singari avval Yaqin Sharqqa, u yerdan esa Yevropaga yoʻl olgan.
XV asrdan asosiy savdo yoʻli xausalar yashaydigan yerlardan oʻtgan. Mollar bir oʻrkachli tuyalar karvoni orqali manzildan-manzilga tashilgan. Tuyalarni karvonga qoʻshishdan avval, ularni bir necha oylab Magʻrib yoki Saxel togʻ yonbagʻirlarida yaxshilab boqilgan.
Sayyoh Ibn Battutaning yozishicha, karvonlarda oʻrtacha 1000 bosh tuya boʻlgan, baʼzida esa tuyalar soni 12 ming boshga ham yetgan. Karvonga sahroni, tuareglarning koʻchmanchi qabilalarni, va asosiy savdo shaharlarini yaxshi bilgan barbarlar sarbonlik qilishgan, ularning bu xizmati uchun ancha haq toʻlangan. Karvonning sahroda nobud boʻlmasligi karvondagi barchaning hamjihat harakatiga bogʻliq boʻlgan. Vohalarga choparlar yuborilib, ular hali vohaga kirish uchun koʻp kunlar yurishi kerak boʻlgan karvon uchun suv olib kelishgan. Sahroi Kabir aholi eng siyrak joylardan. Uning Nil vodiysi va deltasidan tashqari qismida aholi juda kam.
Aholi doimiy yashamaydigan joylar bilan bir qatorda 1 km2 ga 1000 kishi toʻgʻri keladigan joylar ham bor. Aholining etnik tarkibi ham xilma-xil. Sahroi Kabir aholisi qadimdan koʻchmanchi chorvachilik, foydali yovvoyi oʻsimlik va mevalarni terish, vohalarda dehqonchilik qilish bilan shugʻullanadi. Asosan, xurmo oʻstiriladi, donli ekinlar va sabzavot ham yetishtiriladi. Qoʻy, echki va tuya boqiladi. Choʻl jan. da yirik neft va gaz konlarining topilishi va ishga tushirilishi Sahroi Kabirning iqtisodiy ahamiyatini tubdan oʻzgartirib yubordi. Dunyoda neft qazib chiqariladigan yirik rayonlardan biriga aylandi. Sahroi Kabirning ichki r-nlaridan xom ashyoni tashib chiqish uchun avtomobil yoʻllari qurilgan.



    1. Yüklə 107,16 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin