Sakrovchanlik sifatini rivojlantirish Abduvaliyeva Umida Alisher qizi 105a bs



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə3/3
tarix02.01.2022
ölçüsü1,5 Mb.
#41496
1   2   3
Абдувалиева умида 6тема сакровчанлик

Voleybol (inglizcha: volleyball volley — «urib qaytarmoq» va ball — «toʻp»)toʻpli sport oʻyini boʻlib, har biri 6 kishidan iborat ikki jamoa bilan oʻrtasidan toʻr tortilgan maydonchada oʻynaladi.

Voleybol (ing . volley ball, volley — urib qaytarmoq va ball — koptok) — jamoa boʻlib oʻynaladigan sport oʻyini; oʻrtasidan toʻr bilan (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2,24 m balandlikda) boʻlingan 9x18 m li maydonchada oʻynaladi. Bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi. Oʻyinchilar toʻpni qoʻl bilan urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni uch urishda raqiblar tomoniga oʻtkazish lozim. Musobaqa 3 yoki 5 qur oʻynaladi. V. AQShda paydo boʻlgan (1895). Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947 yil asos solingan) ga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1964 yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1949 yildan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi.



V. Oʻzbekistonda 1920 yildan oʻynaladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1991 yil Xalqaro V. federatsiyasiga, 1992 yil Osiyo V. konfederatsiyasiga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekistonda bu sport turi bilan 700 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. U maktablarda om-maviy tus olgan, jismoniy tarbiya boʻyicha dasturning ajralmas qismi h isoblanadi.

Gandbol (nem. hand - qoʻl, ball -toʻp), qoʻl toʻpi — sport oʻyini. 19-asr oxirida Yevropada paydo boʻlgan. Daniyalik Xalger Nilson ixtiro etgan (1895). G. uchun kattaligi 40x20 m li maydon kerak; ogʻirligi 325—475 g , aylanasi 54—58 sm boʻlgan charm toʻp bilan oʻynaladi. Maydonning ikki tomonida eni 3 m, balandligi 2 m boʻlgan darvozalar oʻrnatiladi. Har bir jamoada 7 yoki 11 oʻyinchi qatnashadi. Oʻyinchi toʻp bilan faqat 3 qadam qoʻyishi va uni qoʻlida 3 sek.gacha tutib turishi mumkin. Oʻyin 2 boʻlimdan iborat boʻlib, erkaklar musobaqasi 1 soat, ayollar musobaqasi 50 min. davom etadi. Xalqaro G. federatsiyasiga (IHF; 1946 yil asos solingan) 106 mamlakat aʼzo. 1972 yildan erkaklar, 1976 yildan ayollar G.i Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1938 yildan erkaklar oʻrtasida, 1956 yildan ayollar oʻrtasida jahon birinchiligi oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda G. 1923—24 yillarda paydo boʻlib, birinchi musobaqa 1926 yilda Toshkentda oʻtkazilgan. 1991 yil O ʻzbekiston Respublikasi G. federatsiyasi tuzildi. Respublikaning barcha viloyatlarida G. boʻyicha bolalar sport maktablari, erkaklar, ayollar va bolalar jamoalari bor. 1991 yildan Oʻzbekistan chempionata muntazam oʻtkaziladi. Oʻzbekiston G.chilari terma jamoasi (ayollar) Osiyo chempionatida 4-oʻrinni egalladi va Germaniyada oʻtkazilgan jahon birinchiligi musobaqalarida qatnashdi (1997). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozlari F. Abdurahmonov, V. Kaplinskiy, xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Olimpiya oʻyinlari va jahon chempioni M. Vasilyev, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni S. Zemlyanova, sport ustalari A. Abzalova, Olga Abdulla va boshqalarning G. rivojlanishida katta hissasi bor.
Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin