Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə23/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Axborotning barqarorligi axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqligini buzmasdan o’zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi. Axborotning barqarorligi aynan reprezentativlik axborotni tanlash va shakllan- tirishning tanlab olingan uslubiyotiga bog’liqdir.
Axborot sifatining reprezentativlik, mazmundorlik, yetarlilik, ochiqlik, barqa- rorlik ko’rsatkichlari to’laligicha axborot tizimlarini ishlab chiqishning uslubiy darajasida belgilanadi. Muhimlik, o’z-vaqtidalik, aniqlik va ishonarlilik ko’rsat- kichlari ham ko’p jihatdan uslubiy darajada belgilanadi, biroq, ularning miq- dorlariga tizimning ishlash xususiyalari, birinchi navbatda uning mustah- kamliligiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
    1. Axborot texnologiyasi


Texnologiya so'zi -grekchadan tarjima qilinganda san'at, ustalik, malaka, ko’nikma ma'nosini anglatadi. Texnologiya deganda ma'lum kerakli material mah- sulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig'indisidan foydala- nadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob'ektning dastlabki, boshlang'ich hola- tini o'zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun yog’ochdan turli texnologiyalar orqali vassa, reka, bolar, taxta va boshqa yog’och mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang'ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma'nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga "axborot" so'zini qo'shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini anglatib turadi.
Texnologiyani quyidagicha ham ta'riflash mumkin. Texnologiya - bu sun'iy ob'ektlarni yaratishga yo'naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayon- larni kerakli yo'nalishda borishini ta'minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu erda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o'zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta'riflash mumkin.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin