Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə24/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Axborot sanoati bu- eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnolo- giyalari (gazeta, jurnal va kitoblardan tortib kompyuter o’yinlari va tarmoqlarning axborot bilan to’ldirilishi) asosida turli xil axborotli mahsulot va xizmatlarini keng ko’lamda ishlab chiqarishdir. U muhim farq qiluvchi ikki qismdan iborat: axborot texnikasini (mashinalar va asbob-uskunalar) ishlab chiqarish va bevosita axborotni ishlab chiqarish.
Axborot texnologiyasi. Uning bir nechta alternativ ta’riflarini keltirishimiz mumkin:

  1. Axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar. (qonun)

  2. Ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish, saqlash, uzatish va ulardan foyda- lanish jarayonida hisoblash texnikasidan foydalanish yo’llari, usullari va uslublari.

  3. Hujjatlashtirilgan axborot, jumladan dasturli vositalarga ishlov berishning jami uslublari, yo’llari, usullari va vositalari hamda ulardan foydalanishning belgilangan tartibi.

  4. Inson faoliyatining turli sohalarida axborot mahsulotini ishlab chiqarishda axbo- rot jarayonlarini amalga oshirishning jami usullari.

  5. Insonlar tomonidan axborotni yig’ish, saqlash, ishlov berish va tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar.

Axborot texnologiyalari (AT), ma'lumotlarni uzatish va manipulyatsiya qilish, saqlash uchun kompyuterlar dasturi yoki boshqa korxona sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ning bir kichik majmui hisob- lanadi.
Axborot texnologiyalarining takomillashtirilishi jamiyatni axborotlashti- rishda muhim omil hisoblanadi. Ma’lumki, axborot texnologiyalari ma’lum qonun

  • qoidalari asosida takomillashtiriladi.

Axborot texnologiyasi - bu axborot ma'lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, si-fat jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yig'ish, qayta ishlash va uzatish- ning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Axborot texnologiyalarini turli ko’rinishlarda ifodalasimiz mumkin:

    • texnik vositalar ko’rinishida;

    • dasturiy vositalar ko’rinishida;

    • usullar va uslublar ko’rinishida.

Axborot texnologiyalarini ba’zi bir adabiyotlarda quyidagicha sxematik tash- kil etuvchilarga ajratadilar.

Axborot texnologiyalarini amaliyotda quyidagi ikkita turga ajratish mumkin: avtomatlashtirilmagan(an’anaviy qog’ozli) va avtomatlashtirilgan. Avtomatlash- tirilgan axborot texnologiyalarining sxematik ko’rinishini quyidagicha keltirishi- miz mumkin.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin