Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə26/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Foydalanuvchi
interfeysi bo’yicha

- buyruqli – buyruqlarni kiritish uchun ekranda taklifnoma chiqaradi;




  • WIMP- interfeys -foydalanuvchining grafikli interfeysi;

  • SILK-interfeys – qidiruv interfeysi;

EHM tarmog’ini
qurish yo’llari bo’yicha

  • lokal;

  • ko’p bosqichli;

  • taqsimlangan.

Tashuvchilar turi bo’yicha

  • qog’ozli(kirish va chiqish hujjatlari);

  • qog’ozsiz (tarmoq texnologiyasi, zamonaviy orgtexnika, elektron pullar, hujjatlar);



    1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining arxitektura va qurilish sohasidagi ahamiyati


Qurilishda moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnolo- giyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo'lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo'lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo'llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Misol: ixtiyoriy fandan nazorat ishini bajarganda har bir o'quvchi boshlang'ich axborotni qayta ishlash uchun o'zining bilimini qo'llaydi. Masalaning echimi bo'lgan yangi axborot mahsuloti, o'quvchi tanlay olgan masa- lani echish texnologiyasi, usuliga bog'liq.


Qurilishda moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, usku- nalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o'zining "usku- nalari", vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vosita- lardir. Bu vositalar ‘orqali axborotga ishlov berilib, o'zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo'l- lanilmoqda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining
qo'llanishiga urg'u berish maqsadida ko'pincha kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalari haqida gapirishadi.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining arxitektura va qurilish sohasida qo’llaniladigan texnik vositalariga quyidagilarni kiritish mumkin: ma’lu- motlarni kompyuter xotirasiga kiritish qurilmalari - klaviatura, manipulyatorlar, skanerlar, Veb kameralar, raqamli foto va video apparatlar, mikrofon, digitay- zerlar, sensorli ekran, sd-rom, dvd-rom, videoko’zlarni keltirish mumkin. Chiqa- rish qurilmalariga esa monitorlar, printerlar, plotterlar, videokameralar, quloqchin- (naushnik), kolonkalar, sd-rw, dvd-rom, videoxarita, tarmoq xaritalarini aytib o’tish mumkin. Bundan tashqari aloqa va telekommunikatsiya qurilmalaridan mo- dem, konsentratorlar (HUB), marshutizatorlar va tarmoq qurilmalarini keltirish mumkin.
Axborot texnologiyasi o'zi uchun asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog'liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo'lgan ma'lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo'lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin