Salom Do’stlar


Fazoviy axborotlarni qayta ishlashda geoaxborot texnologiyalari



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə28/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Fazoviy axborotlarni qayta ishlashda geoaxborot texnologiyalari


Kartalar yaratishning "Qog’ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda keyingi yillarda Geografik axborot tizimidan (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan iborada GIS so’zi ishlatiladi) foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal suratlar bilan rivojlanmoqda.


Oddiy qilib aytganda, GISga tabiat va jamiyat obyektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, yer, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni yig’ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, tahlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparat-dasturli kompleks, deb ta’rif bersa bo’ladi.
Barcha GISlarda ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, tahlil qilish va ma’lumotlarni kompyuter yoki etarli darajada tasvir xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturli texnik vositalar orqali ushbu jarayonlarni bajarish usullari e’tiborga olingan. Demak, GIS - turli usullar bilan to’plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi.
Hozirgi paytda foydalanish sohalarining kengligi jihatidan GISning tengi yo’q - u navigasiya, transport, qurilish, geologiya, geografiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya, mavzuli kartografiya va boshqa sohalarda keng qo’lla- nilmoqda.
Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko’plab GISlar ishlatilib, ular orasida shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan ularga GeoDraw GeoGraph, (Geografiya instituti, Rossiya), AtlasGis va WinGis (AQSh), ArcInfo, MapInfo (AQSh) va boshqa dasturlarni keltirish mumkin.
Umuman olganda kartalar yaratishning GIS-texnologiyasini quyidagicha tasavvur qilsa bo’ladi:

      1. Tayyorgarlik ishlari.

  • Elektron taxeometrlar va GRS asboblaridan;

  • tasvirlarni qayta ishlash vositalaridan;

  • izlanishlar raqamli ma’lumotlaridan;

  • avtorlik originallardan; mavjud fond kartalari va h.k. dastlabki materiallarni to’plash.

Kartografik va fond materiallarini skanirlab, rastrli tasvirlarni bir xil massh- tabga keltirish, so’ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash.

      1. Yaratilayotgan kartaning mavzuli qatlamlarini va ularga tegishli jadvallarni tuzish, ularni tahlil qilish. Ma’lumotlar bazasini tuzish.

      2. Obyektlar tasnifi mavjud jadval (atributlar) va matn ma’lumotlarni EHM xoti- rasiga kiritish.

      3. Shartli belgilar tizimini ishlab chiqish.

      4. Kartaning mavzuli qatlamlarini joylashtirish, kartografik tasvirni hosil qilish va ularni tahrir qilish.

      5. Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayyorlash.

      6. Kartani nashr qilish.

Biz keng tarqalgan GISning universal tizimi bo’lgan MapInfo dasturidan foydalanib, mavzuli kartalarni tuzishda olib boriladigan ish jarayonini ko’rib chiqamiz. MapInfo dasturi rus tilida tuzilgani uchun, uslubiy qo’llanmada ushbu dasturni boshqarish elementlari nomlarining o’zbek tilidagi tarjimasi bilan bir qatorda rus tilidagi atamalarini ham keltirishni lozim topdik.
MapInfo GIS dasturining asosiy xususiyati - uning ommabopligidadir, ya’ni bu tizim:

  • grafik tasvirlarni o’qish (ko’rish) va ularga qayta ishlov berish;

  • ma’lumotlar bazasi bilan ishlash;

  • ma’lumotlar bazasida qidiruv ishlarini amalga oshirish, redaktorlik ishlarini bajarish;

  • kartografik belgilarni qurish;

  • diagrammalarni tuzish; kartani nashrga tayyorlash va nashr qilish ishlarini bajarish imkoniyatiga ega.

Dasturda ma’lumotlarni ko’rish uchun 3 xil darcha mavjud: matnli, kartografik va grafikli. Monitor ekranida bir yo’la bir necha darchalar namoyon bo’lishi mumkin. Masalan: foydalanuvchiga shahar ko’chalarini tasvirlovchi planli kartografik darcha va unga xos bo’lgan jadvallar matni darchasi. Ekranda hosil qilingan darchalar faol hisoblanadi. Dasturning yana bir xususiyati - ularning bir- biri bilan uzviy, bevosita bog’langanligidadir, ya’ni biror darchada o’zgarish bo’lsa, boshqa darchalarda ham shunga qarab o’zgarish bo’ladi. Agar grafik obyekt va unga mos keladigan matnli jadval yozuvi tanlansa, u kartografik darchada ham yoritiladi va aksincha, kartografik darcha tasviri tanlansa - u grafik darchada ham yoritiladi.
Matnli darcha qator va ustunlarga ega bo’lgan jadval ko’rinishdagi elektron darchadir. Uning har bir qatori ma’lum yozuvni aks ettirib, har bir ustuni ushbu yozuv maydonini anglatadi. Dastur yozuvlarni qo’shish, tahrir qilish, yo’qotish imkonini beradi. Foydalanuvchi darchadagi kerakli ustunlarni ko’rish uchun tanlab olishi, o’lchamlarini o’zgartirishi mumkin. Kartografik darcha boshqa ko’pgina GISlar kabi qatlamli tasvirlashdan foydalaniladi. Har bir qatlamning tavsifi foydalanuvchini talabidek ko’rsatilishi, tahrir qilinishi mumkin. Tashqi kartografik darcha matn darchasi kabi jihozlangan. U boshqa darchalarni ko’rsatish uchun gorizontal va vertikal aylantirish chizg’ichiga ega. Grafik darchadan nuqtali, chiziqli, yuzali va boshqa turdagi obyektlar bilan ishlash uchun foydalaniladi. MapInfo dasturi hisobotlar tuzish, grafiklar va diagrammalar qurish, statistik ma’lumotlar bilan kartalar ishlab chiqishning rivojlangan vositalariga ega.
Dastur mavzuli kartalar, shartli belgilar va shriftlar yaratishga qodir. Ma’lumotlar bazasi orqali obyektning sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarni aks ettiruvchi shkalalar tuzish yo’llariga ega. Bundan tashqari, dastur kartalarning shartli belgilarini hosil qilish, ularni tushuntiruvchi yozuvlar bilan ta’minlash va
eng asosiysi, kartalarni tahrir qilish imkoniyatiga ega. MapInfo dasturi axborot- ma’lumotnomali turkumdagi shaxsiy GIS hisoblanadi.
Yuqoridagi qayd etilgan imkoniyatlardan kelib chiqib, MapInfo geografik axborot tizimida mo’jiza yaratsa bo’lar ekan, degan fikr paydo bo’ladi. Haqiqatan ham, so’ralgan zahoti - “Karta tayyor”, degan javob chiqadi! Lekin, kartani tayyorlash jarayonida qanday texnologiyalar tanlanilishidan qat’iy nazar, jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin