Kesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishla- tiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning yorda- mida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotirasining ko`proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo`lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekranida video ma’lumotlarni (videotas- virlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ay- niqsa rangli) kompyuter xotirasidan ko`p joy egallaydi. Shuning uchun video xoti- ra hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi bo’ladi.
Shinalar. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxe- malar mavjud bo`lib, ular adapterlar (moslavchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayriboshlovchi magistral yo`l deb ataluvchi shinalar orqali bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, oddiy so`z bilan ayt- ganda, shinalar turli qurilmalarni bog`lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo`lishi mumkin. Asosan uch xil shina mavjud:
berilganlar shinasi;
manzilli shina;
buyruqli shina.
Manzilli shina.Berilganlar bu shinada tezkor xotiraning yacheykalari manzili kabi yuboriladi. Aynan shu shinadan protsessor bajarilishi kerak bo`lgan buyruqlar manzilini o`qiydi. Zamonaviy protsessorlarda manzilli shinalar 32 raziryadlidir, ya’ni u 32 ta parallel simlardan tashkil topgan.
Berilganlar shinasi. Shu shina orqali protsessor registriga berilganlar nusxasi ko`chiriladi va aksincha. Intel Pentium protsessorli ShK larda berilganlar shinasi
64 raziryadlidir.