Monitor o`lchami. Monitor ekrani diagonal bo`yicha dyumlarda hisoblanadi. O`lchamlar 9 dyumdan (23 sm) to 42 dyum (106 sm) orasida o`zgaradi. Ekran qan- cha katta bo`lsa, monitor shuncha qimmat bo`ladi. Hozirda 19, 21, 22 va 24 dyum- lilar keng tarqalgan. Katta o`lchamdagi monitorlarni nashriyotda va grafik ishlarda ishlatish qulay bo`lib, ekranda tasvirning barcha detallari yaqqol ko`rinadi.
Tasvirlar joylashishi. Tasvirlar joylashishi ekranning gorizontali va vertika- lidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Ya’ni, tasvirlarni hosil qilishda ularni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o`lchovining katta – kichikligidir. “Tasvirlar joyla- shishi 800x600 ifodasi, monitor 600 ta gorizontal qatorning har birida 800 tadan nuqtalarni tasvirlashi mumkinligini anglatadi. Quyidagi tasvirlar joylashishi rejim- lari standart hisoblanadi: 800x600, 1024x786, 1152x864 va yuqori. Monitorning bu xususiyati ekran nuqtalarining o`chovlari bilan aniqlanadi. Tasvirlar joylashishi 800x600 ga teng bo`lgan monitorlarda yaxshi tasvir piksel 0,31 mm ga, 1024x786 ga teng bo`lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 mm ga teng bo`lishi kerak. Tasvirlar joylashishi qancha katta bo`lsa shuncha tasvir sifati oshadi. Monitorning
tez ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez ishlasada, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi.
Regeneratsiya chastotasi. U monitor tasvirni ekranda necha sekundda to`liq namoyish etishini ko`rsatadi. Regeneratsiya chastotasi gertslarda (Gts) o`lchanadi. Chastota qancha katta bo`lsa, shuncha ko`p ishlash mumkin va ko`z kam char- chaydi. Bu parametr videoadapter xarakteristikasiga ham bog`liqdir.
Videoadapter.Monitorning ishini maxsus plata boshqarib, uni videoadapter yoki videokarta deb ataydilar. Birinchi kompyuterlarda videokarta bo`lmagan. Tez- kor xotirada ekran uchun xotiradan joy ajratilib, unga protsessor tasvir haqida ma’lumot kiritgan. Monoxrom monitorlardan rangli monitorga o`tgandan va ekran imkoniyatlari ortgandan so`ng, grafik ma’lumotlarga videoxotiradan joy yetmay qoldi, protsessor esa tasvirlarni qayta ishlashga ulgirmadi. Ekranni boshqarishga taalluqli barcha operatsiyalar(amallar) alohida bir blokka o`tkazildi – bu video- adapterdir. Videoadapter alohida plata ko`rinishida bo`lib, tizimli plataning ma’- lum bir slotiga o`rnatiladi (hozirgi zamon ShK bu AGP slotidir). Videoadapter videokontrollyor, video-protsessor va videoxotira funksiyalarini bajaradi.
ShKlar paydo bo`lgandan boshlab videoadapterlar o`zgarib bordi: