Lockva ScrollLockboshqa klavishlarning ishlash vazifasini o`zgartirib turadi,
Shift, Ctrlva Altlar esa boshqa klavishlar bilan birga ishlaydi.
Kursorniboshqaradiganklavishlar. Bu klavishlar yordamida kursorning monitor ekranida harakati boshqariladi. Kursor – bu ekran elementi bo`lib, u bel- gili ma’lumotlarni kiritish joyini ko`rsatadi. Bu klavishlar berilganni kerakli joyga kiritishni boshqaradi. [], [],[], [], Page Up, Page Down, Home, Endkla- vishlari kursorni boshqarish tugmalari deyiladi. Qoidaga ko`ra bu tugmalarni bosilishi kursorni mos yo`nalishda surishga va mantni varaqlashga olib keladi. [], [],[], [] – kursor yo`nalishini mos ravishda chapga, o`ngga, yuqoriga va pastga suradi. Page Up, Page Down lar mos ravishda matnni yuqoriga va pastga varaqlaydi. Home, End lar kursorni mos ravishda satr boshiga va oxiriga olib keladi.
Printer–ma’lumotlarni bosmaga chiqarish uchun mo`ljallangan qurilmadir. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko`rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlarning bir necha turi mavjud bo`lib, ular bir – biri bilan ishlash printsipi, interfeysi va funksional imkoniyatlari bilan farqlanadi. Ishlash printsipiga ko`ra quyidagilarga bo`lingan:
matritsali;
siyohli;
lazerli;
termoelementli.
Matritsali printerlar.Yaqin kunlargacha, bu printerlar - eng keng tarqalgan printerlar turi hisoblanar edi. Uning asosiy ustunligi arzon va unversalligi hisob- lanadi, ya’ni ixtiyoriy turdagi qog`ozga ma’lumotlarni chop qilish xususiyatiga ega. Bugungi kunda bu turdagi printerlar A3 formatli qog’ozlarga ma’lumotlarni chiqarishda keng qo’llaniladi.
Ishlash qoidasi. Bu printerlarning ishlash qoidasi quyidagicha: printerning yozish boshchasida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Boshcha yozuv satri bo`ylab harakatlanadi va ignalar kerakli daqiqada bo`yalgan lenta orqali qog`ozga uriladi va natijada qog`ozda nuqtalardan iborat bo`lgan belgi yoki tasvir paydo bo`ladi. Yozish boshchasidagi ignalar elektromagnit yordamida boshqariladi. Prin- ter xotirasida har bir simvol, harflar va h.k.larning kodlari saqlanadi. Bu kodlar ma’lum bir simvolni yozishda qaysi ignalar va qaysi vaqtda ishga tushirilishini aniqlaydi.
Ignalar soniga qarab printerlar bir – necha turga bo`linadi: 9 ignali, 24 ignali, 48 ignali.
9 ignali printerlarda yozuv sifati pastroq. Sifatini oshirish uchun yozishni 2 yoki 4 yurishda bajarish kerak.
24 ignali printer sifatli va tezroq ishlaydi. Yozish boshchasida ignalar ikki qatordan iborat bo`lib, har birida 12 ta igna joylashgan.
48 ignalisi yozuvni juda sifatli chiqaradi.
Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekundan 60 sekundgacha vaqt sarf- laydi. Bu printerlar hujjatni bir necha nusxada ham chiqarish imkoniyatiga ega. Buning uchun varaqlar orasiga nusxalash uchun mo`ljallangan yupqa qog`oz qo`- yiladi. Matritsali printerlar chop qilishda qog`oz tanlamaydi. Chop qilishda ixtiyoriy qog`oz turidan foydalanish mumkin.