Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə43/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Lazerli printerlar. Lazerli printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi printer hisoblanadi. Sifat darajasi fotosurat darajasiga yaqin. Ular rangli va rangsiz bo`ladi.
Ishlash qoidasi. Ko`pchilik lazerli printerlar ishlash nuqtai nazaridan nusxa ko`chiruvchi kseroksga yaqindir. Harakatlanuvchi baraban asosiy yozuvchi bosh- cha hisoblanib, tasvirni qog`ozda hosil qiladi. Baraban yarimo`tkazgichli aralash- ma bilan qoplangan metal tsilindirdir. Barabanga yuborilgan lazer nuri elektro- statik zaryadni o`zgartiradi va baraban sirtida tasvirning elektrostatik nusxasini hosil qiladi. Shundan keyin, barabanga maxsus kukun aralashmalari yopishadi (toner). Varaqqa elektrik zaryad berilgandan so`ng, u barabanga yopishib o`ziga barabandagi tonerlarning bir qismini tortib oladi. Tonerning fiksatsiyalanishi uc- hun varaq yana zaryadlanadi va 180 gradusgacha qizdirilgan vallar orasidan o`tadi. Natijada tasvir hosil bo`ladi. Rangli chop qilinishida varaq mexanizmdan 4 marta o`tishi bilan unda har xil tonerlar aralashmasidan hosil bo`lgan tasvir hosil qilinadi. Har bir o`tishda unga ma’lum bir miqdorda bir xil rangdagi toner suriladi (bo`yaladi). Rangli lazerli printer toner uchun mo`ljallangan 4 ta rezervuardan ibo- rat bo`lgan murakkab elektron qurilma hisoblanadi.

Lazerli printerlarning asosiy xarakteristikasi


Chop qilish tezligi. Mexanik holda varaqni tortish va kompyuterdan kela- yotgan ma’lumotlarni qayta ishlash tezliklari bilan aniqlanadi. O`rtacha chop qilish tezligi bir minutda 4 – 16 betgacha (hatto 40 betgacha).
Tasvirlash joylashishi. Zamonaviy kompyuterlarda 2400 dpi gacha yetadi.
Standart qiymati 300 dpi.
Xotirasi. Lazerli printerning ishlashi juda katta hisoblashlar bilan bog`liqdir. Masalan, tasvirlar joylashishi 300 dpi bo`lganlarda, A4 formatli varaqda 9 mln. ga yaqin nuqta mavjud bo`ladi va ularning har birining koordinatalarini hisoblab chi- qish kerak. Axborotni qayta ishlash tezligi printerdagi protsessorning taktik chas- totasi va tezkor xotirasining hajmiga bog`liqdir. Rangsiz lazer printerlarning tezkor xotirasi 1 Mbaytni tashkil qiladi, ranglilarniki esa bundan kattaroq.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin