Salom Do’stlar


Matritsali printerlarning xarakteristikasi



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə42/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Matritsali printerlarning xarakteristikasi:


Chop qilish tezligi. Bir sekunda chop etishi mumkin bo`lgan belgilar soni bilan o`lchanadi. O`lchov birligi cps (character per second – bir sekundda simvol soni).
Xotira hajmi. Matritsali printerlar ichki xotira bilan ta’minlangan bo`lib, kompyuterdan kelayotgan ma’lumotni qabul qiladi. Arzon turdagi matritsali prin- terlarning xotirasi 4 – 6 Kbaytdan iboratdir. Qimmatroqlariniki esa 200 Kbaytdan ko`proqdir. Xotira qancha katta bo`lsa, chop qilishga yuborilgan ma’lum miqdor- dagi ma’lumotlarni chop qilishda printer shuncha kam kompyuterga murojaat qiladi va bu markaziy protsessorning boshqa vazifalarni bajarish imkonini beradi.
Tasvirlar joylashishi. Bir duyumdagi chop qilinadigan nuqtalar soni bilan aniqlanadi. O`lchov birligi dpi (dot per inch – bir duyumdagi nuqtalar). Bu ko`r- satkich grafik tasvirlarni chop qilishda muhim rol o`ynaydi.
Shriftlar. Barcha printerlarning xotirasida juda ko`p shriftlar saqlanadi.
Lekin, True Type turiga kiruvchi ixtiyoriy shrift yordamida chop qilish mumkin.
Siyohli printerlar. Birinchi siyohli printerlar Hewlett Packard firmasi tomo- nidan ishlab chiqarilgan. Siyohli printerlarning ishlash qoidasi matritsali printerlar- nikiga o`xshab ketadi, lekin yozish boshchasida ignalar o`rnida siyoh tomchilarni purkaydigan maxsus qurilma(golovka) va siyohdon joylashgan. Bu printerlar max- sus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yo`li bilan chop qilganligi uchun ular siyohli printerlar deb ataladi. Siyohdan alohida joylashgan yoki yozish boshcha- siga o`rnatilgan bo`lishi mumkin. Yozish boshchasida joylashgan siyohdon alohida bir qurilma bo`lib, u kartridj deb ham ataladi. Uni almashtirish oson. Ko`pchilik zamonaviy siyohli printerlarda kartridjlar ishlatiladi. Siyohli printerlar shovqinsiz ishlaydi.

Siyohli printerlarning xarakreistikasi


Chop qilish tezligi. Rangsiz chop qilish rejimda, bir minutda 3 – 4 bet chop qilinadi. Ranglisida esa biroz kamroq.
Chop qilish sifati. Qimmatroq siyohli printerlarning chop qilish sifati juda yuqori bo`lib, tiniq va ravshandir. Lekin, sifatning yaxshi bo`lishi ko`proq qog`oz- ning sifati va qalinligiga bog`liqdir. Rangning oqib ketishidan qutilish uchun ba’zi printerlar qog`ozni qizdiradilar.
Tasvirlash joylashishi. Grafik tasvirlarni chop qilish uchun 300-720 dpi dan iborat. Siyohli printerlarning asosiy kamchiligi siyohning purkagichda qotib qoli- shidir. Buni bartaraf qilishning bir yo`li bu kartridjni almashtirishdir. Rangning purkagichda qotib qolmasligi uchun printerlarga purkagichni tozalab turuvchi qurilma o`rnatiladi.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin