Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə39/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Klaviatura–bu kiritish qurilmasi bo`lib, matnli, raqamli, simvolli ma’lumot- larni hamda boshqaruv buyruqlarini kiritish uchun xizmat qiladi. Monitor va klaviatura foydalanuvchining oddiy interfeys kombinatsiyasini ta’minlaydi: klavia- tura yordamida kompyuter tizimi boshqariladi, monitor yordamida esa natijalar olinadi.
Klaviatura ShK ning asosiy standart qurilmasi bo`lgani uchun uning asosiy funksiyalarini boshqaruvchi maxsus tizim dasturlar (drayverlar) talab qilinmaydi. Klaviatura bilan ishlashda kerak bo`lgan dasturiy ta’minot doimiy xotiraning mikro sixemasida joylashgan. Shuning uchun ham, ShK ishga tushirilishi bilan klavish bosilsa tasir etadi. Klaviaturasiz kompyuterda xususan, operatsion tizimida ishlab bo`lmaydi. Ular yordamida operatsion tizimiga va uning boshqaruvi ostida ishlaydigan dasturlarga buyruqlar, shuningdek, bu dasturlarga kerak bo`lgan ma’lumotlar kiritiladi. Standart ShK larda klaviatura alohida bir konstruktiv blok- dir, prototip ShK larda esa korpusning bir qismidir.
Klaviatura tugmachalar soni va joylashishiga ko`ra turli xil kompyuterlarda har xil bo`lishi mumkin, lekin ularning vazifasi o`zgarmaydi. IBM PC klavia- turalari ikki xilda ishlab chiqariladi: 101 va 105 klavishli. Hozirgi paytda klavia- turalarning quyidagi turlari ishlab chiqarilmoqda:
XT-klaviatura. Eng eski klaviaturalardan biri bo`lib, 83 tugmachalidir.
Yonib turuvchi indikatorlari yo`q.
AT-klaviatura. Standart (84 tugmachali) hamda kengaytirilgan (101 tugmachali) ko`rinishlarda ishlab chiqarilgan. Yonuvchi indikatorlar hamda qo`- shimcha raqamli tugmachalar o`rnatilgan.
101 tugmachali kengaytirilgan klaviatura. Yonuvchi indikatorlar, qo`shimcha raqamli tugmachalar hamda maxsus WINDOWS tugmachasi o`rna- tilgan. Aslida tugmachalarining soni 104 tagacha bo`lishi mumkin.
MS Natural klaviaturasi. Bu tipdagi klaviaturalar ergonomik klaviaturalar ham deb yuritiladi. Ko`rinishi boshqa klaviaturalarnikidek to`g`ri to`rtburchak shaklida emas, balki egri to`rtburchak shaklida. Bundan tashqari tugmachalar foydalanuvchi barmoqlarining tabiiy harakatiga mos ravishda ma’lum bir burchak ostida joylashtirilgan bo`ladi.
Infraqizil klaviatura. Bunday klaviaturalar kabelsiz bo`lib, ma’lu- motlarni infraqizil nurli signallar yordamida uzatishga mo`ljallangan. Buning uchun monitorga shu signallarni qabul qiluvchi maxsus qurilma – priyomnik o`rna- tiladi. Ma’lumotlarni 7 metr masofagacha uzoqlikdan turib kiritish mumkin.
Egiluvchan rezinali klaviatura. Bunday klaviaturalarning korpusi turli rangdagi rezinalardan ishlangan bo`lib, juda chiroyli ko`rinishga ega. Shovqinsiz va ishonchli tarzda ishlaydi. Turli texnik va kimyoviy ta’sirlarga chidamli. Kor- puslari juda ham yupqa bo`lgani uchun ularni slindr shaklida o`rash mumkin.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin