Kompyuterxotirasivauningturlari. Xotira kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilmadir. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.
Tezkor xotira (RAM–Random Access Memory – ixtiyoriy kirish mumkin bo`lgan) kompyuterning muhim qismi bo`lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana saqlaydi. Shuni alohida takidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo`q bo`lib ketadi. Tezkor xotira juda tez yozishi va o`qishi bilan farq qiladi. Uning «tezkor» nomini olishining sababi, u juda tez ishlaydi va protsessor berilganlarni xotiradan o`qishida yoki yozishida kutishiga hojat yo`q.
Kompyuterda tezkor xotira standart panellarda joylashgan, ular modullar deb ataladi. Tezkor xotira modullari sistema platasida mos hajimlarda qo`yiladi. Xotira modullari ikki xil bo`ladi: bir qatorli (SIMM modullar) va ikki qatorli (DIMM modullar). Pentium protsessorli kompyuterlarda bir qatorli modullarni juft ishlatish kerak (tizim platasiga o`rnatishda hamma vaqt juft sonda bo`ladi). DIMM modul-
larni bittadan o`rnatish mumkin. Bitta platada har xil modullarni o`rnatish mumkin emas. Bundan tashqari Double Data Rate- DDR - ikkilangan tezlikda ishlovchi синхрон DRAM bo’lib DIMM ning takomillashgan varianti.
Tezkor xotira modullarining asosiy xarakteristikasi quyidagicha:
xotira hajmi;
murojaat vaqti.
SIMM modullari 4, 8, 16, 32, 64 Mbayt hajimga ega; DIMM modullariniki
esa 16, 32, 64, 128, 256, 512 Mbayt; DDR lar 1-2-3-4-5 Gbaytgacha. Murojaat vaqti xotira yacheykalariga murojjat qilishda qancha kerak bo`lishini ko`rsatadi, vaqt qancha kam bo`lsa shuncha yaxshidir. Bunda vaqt nanosekunda o`lchanadi. SIMM modullarida 50-70 ns, DIMM va DDR modullarida esa 7–10 ns.
Doimiyxotira(Read Only Memory–ROM–faqat o`qish uchun). Bunda, berilganlar (standart dasturlar) unga avvaldan xotira mikrosxemasiga ishlab chiqa- rilgan zavodida joylashtirilgan bo`ladi va berilganlarni o`zgartirish talab qilin- maydi. Bunday xotiradan faqat unda saqlanayotgan ma’lumotlarni o`qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM deb ataladi. ROM da kompyuter o`chirilganda ham ma’lumotlar saqlanadi. IBM PC kompyuterlarida bu xotira kompyuter jihozla- rining ishlashini tekshirish, operatsion tizimning boshlang`ich yuklanishini ta’min- lash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kompyuter ishga tushganda uning tezkor xotirasida hech qanday ma’lumot bo`lmaydi, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek tezkor xotirada kompyuter o`chi- rilganidan so`ng hech qanday ma’lumot saqlanmaydi. Lekin, kompyuter ishga tushganidan protsessorga buyruq kerak. Shuning uchun protsessor unga ma’lum bo`lgan maxsus boshlang`ich manziliga murojaat qiladi, ya’ni birinchi buyrug`iga. Bu manzil ROM yoki doimiy xotiradir. Doimiy xotiradagi dasturlar majmuyi BIOS (Basic Input Output Sustem) kiritish/chiqarish tizimning bazasini tashkil qiladi. Bu dasturlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, ular tizimning tarkibi va ishga yaroqliligini tekshiradi hamda klaviatura, monitor, yumshoq va qattiq disklar
orasidagi bog`lanishni ta’minlaydi.