Salom Do’stlar


§. Kompyuter axborot texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə30/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

§. Kompyuter axborot texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari.



    1. Qurilishda kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalarining ahamiyati.



Kompyuter – inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat- dir. Kompyuterlarning amalda turli-tuman xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluk- siz), raqamli–analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydala- nilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo`llanilmoqda.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to`rida(yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo`lish mumkin:

  • super kompyuterlar (Super Computer);

  • katta kompyuterlar (Manframe Computer);

  • mini kompyuterlar (Minicomputer);

  • shaxsiy kompyuterlar (PC - Personal Computer);

  • bloknot kompyuterlar (Notebook).

Super kompyuterlar – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni echish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bunday masalalar sifatida ob– havoning global prognoziga oid masalalarni, uch o`lchovli fazoda turli voqea- larning kechishini o`rganish masalalari, global axborotli (informatsion) tizimlar va
h.k. larni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trilliardlab amal ba- jaradi. Super kompyuterlarning ma’lum yo`nalish masalalarini echishga qaratilgan
turlari ham mavjud.
Katta kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni echishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super kom- pyuterlarnikiga qaraganda bir–ikki pog`ona past.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin