Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə76/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Nazorat savollari



  1. Excel dаsturi vazifasi vа qanday maqsad uchun ishlаb chiqilgаn?

  2. Elеktrоn jаdvаllаr katakchalаri nima uchun ishlаtiladi?

  3. Excel ning аsоsiy ish оbyеkti nimа?

  4. Ishchi kitоb nimа vа u nimаlаrni o‘z ichigа оlаdi?

  5. Elеktrоn jаdvаlning аsоsiy elеmеntlаrini аytib bеring?

  6. Ishchi hujjаt dаrchаsining аsоsiy elеmеntlаri nimаlаrdаn ibоrаt?

  7. Katakcha yoki diаpаzоnni аjrаtib ko‘rsаtish qаndаy аmаlgа оshirilаdi?

  8. Ustunlаr sаrlаvhаsi qаndаy bеlgilаnаdi?

  9. Ishchi kitоbgа yangi vаrаqlаr kiritish qаndаy аmаlgа оshirilаdi

  10. Fоrmulа nimа? U katakchalаrgа qаndаy kiritilаdi?

  1. §. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari(MBBT). MS Accessda ishlash.





    1. Ma’lumotlar bazasi va banki tushunchalari

Bugungi kunda ma’lumot (berilgan)lar muhim hayotiy milliy resurslar sifatida qo’llaniladi. Bu resurslarni shunday tashkil etish lozimki, undan foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Shunday qilib, ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim muammo hisoblanadi. Bu muammoni echishga harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi yangicha yondashish yangi texno- logiyani keltirib chiqardi. Bu texnologiyaning asosini ma’lumotlar bazasi (MB) va banklari (MBn) tashkil etadi. Ma’lumotlar bazasi va banklaridan foydalanish o’zaro bog’langan ma’lumotlar to’plamlariga kirishni, ulardan foydalanish hamda ishlashni avtomatlashtiradi, ma’lumotlarni yangilash, keraksizini yo’qotishni avto- matlashtirishni ta’minlaydi.
Axborot ba’zi operasiyalar, jumladan qabul qilish, uzatish, ishlash, saqlash va foydalanish ob’ekti bo’lib xizmat qiladigan istalgan voqea, mazmun, jarayon va hokazolar haqidagi bildirishdir.
Ma’lumotlar deb, ma’lum bir shaklda qayd qilingan, qayta ishlash, saqlash va uzatish uchun yaroqli xabarga aytiladi.
Ma’lumotlar bazasi deb, kompyuter xotirasida saqlanadigan bir–biriga bog’liq bo’lgan bir predmet sohadagi ma’lumotlarning to’plamidir. Ushbu ta’rif- dan quyidagi xulosalar kelib chiqadi.

  1. Kompyuter xotirasidagi ma’lumotlar bazasi doimo ishchi holatda bo’lishi shart.

  2. Kompyuter xotirasi katta hajmda bo’lishi shart.

  3. MB sidagi ma’lumotlarni tezkor qidiruv usullari mavjud bo’lishi kerak.

  4. MB si ko’pgina amaliy masalalarda ishlatilishi mumkin.

  5. MB sidagi ma’lumotlar doimo mantiqiy, bir–biriga bog’liq bo’lishi kerak.

Ma’lumotlar bazasini normal ishlatish uchun u quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak:

  1. MB dagi ma’lumotlarning bir nusxali bo’lishi. Aks holda, xotirada saqlanadigan ma’lumotlar ikki nusxada bo’ladigan bo’lsa, bu qarama–qarshilikka olib keladi.

  2. Ma’lumotlarni birgalikda ishlata olish imkoni, ya’ni MB siga ko’p foydala- nuvchilar yoki ko’pgina dasturlar tomonidan murojaat qilish imkoni bo’lishi kerak.

  3. MB sini kengaytirish imkoni, ya’ni MB siga yangi ma’lumotlarni kiritish va MB si tarkibiga yangi ob’ektni kiritish imkoni bo’lishi kerak.

  4. MB si bilan ishlash qulayligi, ya’ni MB sining tarkibi dasturlovchi va foyda- lanuvchi uchun oddiy, tushunarli shaklda bo’lishi kerak, bu MB si ustida bajari- layotgan amallar oddiy ko’rinishga ega bo’lishi kerak.

  5. MB siga effektiv murojaat qilish vaqti qancha kam bo’lsa, MB si bilan ishlash unumdorligi shuncha yuqori bo’ladi.

  6. MB sining o’zaro mosligi, ya’ni ma’lumotlarning fizikaviy saqlanganligi va mantiqiy mosligi (ma’lumotlar bir–biriga mantiqiy qarama–qarshi bo’lishi mum- kin emas) hamda ma’lumotlarning aktualligi.

Predmet soha deb, boshqarishni tashkil qilish va uni avtomatlashtirish maqsadida o’rganilishi lozim bo’lgan ob’ektiv dunyoning bir qismiga aytiladi. MB ni boshqarish uchun ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari ishlatiladi (MBBT).



    1. Yüklə 3,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin