To’rsimon model. To’rsimon model tugunlardagi shoxlar soni
(yo’nalishlar)ga cheklanish bo’lgan daraxtsimon tarkibli modeldir. Bu modeldagi tugunlar birlik ob’ektlar to’plami, tugunlarni birlashtiruvchi yoylar esa to’plamdir. Misol:
To’rsimon model xususiyatlari:
ishlash birligi – yozuv;
ishlash MB si tarkibida joylashishidan qat’iy nazar, istalgan turdagi yozuvdan boshlanishi mumkin;
ajratilgan yozuvdan unga qarashli yozuvga ham o’tish mumkin.
Relyasion model. Relyasion modelda ma’lumotlar va munosabatlar tekislik- dagi fayllar deb ataluvchi ikki o’lchamli jadvallarda saqlanadi. Ma’lumotlarga ki- rish istalgan kerakli munosabatlar orasidagi bog’lanishlar orqali bo’lishi mumkin. MBsini kengaytirish ma’lumotlar uchun qo’shimcha jadval tuzib qo’shish orqali amalga oshiriladi.
Foydalanuvchi
Sxematik ravishda relyasion modelni quyidagicha tasvirlasak qulay bo’ladi.
Relyasion model xususiyatlari:
relyasion modellikni ob’ektlar to’plami bir jinslidir;
ma’lumotlar tarkibi faqat munosabat atamalarida aniqlanadi;
ma’lumotlar relyasion modeli operasiyasida ishlash birligi sifatida yozuv munosabatlar to’plami qabul qilingan.
Dunyoda ko’plab ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari mavjud. Ularning aksariyatini tugal dasturli mahsulot emas, balki maxsus dasturlash tili deb atash mumkin. Bunday tillar jumlasiga Clipper, Paradox, FoxPro va boshqa dasturlarni kiritsa bo’ladi. Bu tildan foydalanuvchi o’ziga qulay tarkibini yaratish va ularga kerakli boshqaruv elementlarini kiritishlari mumkin.
MBBT Access ning barcha vazifalari va imkoniyatlarini o’rganib uni ishlatish texnologiyasi bilan tanishib chiqamiz, hamda olib boriladigan amaliy mashg’ulotlarni shu MBBT da tashkil etishni tavsiya qilamiz. Buning uchun avvalo Microsoft Access bajaradigan vazifalari, uning darchasi va ish yurituvchi asosiy ob’ektlari bilan yaqindan tanishishga o’tamiz.
Dostları ilə paylaş: |