Access darchasi 6 ta ob’ektdan iborat bo’lib, asosan shular bilan ish yuritiladi. Bular: Таблица (jadval), Запрос (so’rov), Форма (forma), Отчет (hisobot), Макрос (makro buyruqlar) va Модул.
MS Access dasturi ob’ektlari vazifalari:
Таблицы (jadvallar) – ma’lumotlar bazasining asosiy ob’ekti hisoblanadi. Ularda ma’lumotlar saqlanadi. Relyasion ma’lumotlar bazasi bir nechta o’zaro bog’langan jadvallardan tashkil topgan bo’lishi mumkin.
Запросы (so’rovlar) – ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni qayta ishlashga mo’ljallangan. So’rovlar yordamida ma’lumotlarni tartiblash, tanlab olish, o’zgartirish, birlashtirish, ya’ni ularni qayta ishlash mumkin.
Формы (formalar) – bu ob’ekt orqali bazaga yangi ma’lumotlarni kiritish va mavjud ma’lumotlarni ko’rib chiqish mumkin.
Отчеты (hisobotlar) – ma’lumotlar bazasi jadvallari asosida foydalanish va tahlil qilish uchun yaroqli holda hisobot tuzish mumkin.
Макросы (makroslar) – makro buyruqlar to’plami. Qandaydir amallar ma’lumotlar bazasi ustida takroran ko’p qo’llaniladigan bo’lsa, bu amallarni bajarish uchun qo’llaniladigan buyruqlarni bitta makros tarkibiga kiritish va bu makrosni bajarish uchun biror tugmachani belgilash mumkin.
Модули (modullar) – Visual Basic tilida yozilgan dasturlar Access dasturining standart vositalari yetarli emas deb hisoblaydigan buyurtmachilar talabiga ko’ra, dasturlovchi kerakli modullar tuzish bilan dastur imkoniyatini oshirishi mumkin.
Jadvallar–ma’lumotlar bazasining asosiy ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Ma’lu- motlar bazasini tashkil qilish, uning birinchi jadvalini tuzish bilan boshlanadi. Jadval tuzish uchun oldin uning tarkibini aniqlash kerak bo’ladi. Ma’lumotlar bazasidagi jadval ustunlari maydon, satrlar esa yozuvni tashkil qiladi. Maydonlar ma’lumotlar bazasi tarkibini, yozuvlar esa har bir maydonga mos ma’lumotlarni saqlaydi. Maydonlar quyidagi xarakteristikalari bilan aniqlanadi: maydon nomi, tipi va maydon o’lchami.
Maydon nomi. Maydon nomiga quyidagi shartlar qo’yiladi:
maydon nomi 64 ta simvoldan ortmasligi kerak;
maydon nomi harflar, raqamlar, probel(bo’sh joy) va maxsus belgilardan iborat;
maydon nomi probel(bo’sh joy)dan boshlanmaydi;
har bir maydon nomi aniq bo’lishi kerak.
Masalan, talabalar to’g’risidagi ma’lumotlarni saqlovchi MB jadvalini tuzish uchun dastlab, uning tarkibi, ya’ni qanday maydonlar kerakligi aniqlanadi:
talabaning familiyasi;
talabaning ismi;
tug’ilgan vaqti;
guruhi va mutaxassisligi;
yashash joyi.
Jadval tarkibi aniqlangandan keyin, har bir maydon unga mos ma’lumotlar bilan to’ldiriladi.
Jadval tarkibini tuzish uchun quyidagi buyruqlar ketma–ket bajariladi:
ma’lumotlar bazasi oynasidan Создание menyu bandi ochiladi va uskunalar bandidan Таблицa ob’ekti tanlanadi va sichqoncha tugmachasi bosiladi (23– rasm).
23–rasm.
ekranda yangi jadval oynasi paydo bo’ladi.
Bu yerda maydonlar nomi, ularning qanday turdagi ma’lumotlarni [simvolli (текстовой), sonli(числовой) va hokazo] saqlashi va xossa (o’lcham) lari aniqla- nadi.
Masalan, biror bir tashkilotda mavjud bo’lgan kompyuterlar to’g’risidagi axborotlar saqlovchi ma’lumotlar bazasini tashkil qilishni ko’rib chiqamiz. Buning uchun quyidagi maydonlar aniqlanadi:
kompyuter turi;
sotib olingan yili;
soni;
xotira hajmi;
qattiq disk o’lchami;
narxi.
Bu maydon nomlari navbatma–navbat quyidagi tartibda kiritiladi:
Jadval tarkibi ixtiyoriy nom bilan fayl ko’rinishida diskda saqlanadi. Jadval tarkibi tuzilgandan keyin har bir maydonga mos ma’lumot bilan to’ldiriladi va natijada quyidagi jadval hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |