37-rasm. Gibrid topologiyalar.
Yuqorida sanab o‘tilgan tarmoqli topologiyalarni ko‘rib chiqamiz. “Shina” topologiyasi (yoki, yana bir nomi “ummiy Shina”) o‘zining tuzilishi bo‘yicha kom- pyuterlarning tarmoqli asbob – uskunalarining bir xilligi, shuningdek hamma abonentlarning teng huquqligi bilan farq qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bo‘yicha uzatishi mumkin chunki aloqa tarmog’i bir dona bo‘ladi. Aks holda ustmaust tushishi natijasida uzatiladigan axborot buziladi. Shunday qilib, shinada yarim dupleksli (Half duplex) almashuv rejimi amalga oshadi (ikki tomonlama, lekin bir vaqtida emas, ketma-ketlikda) “Shina” topolo- giyasida barcha axborotni uzatadigan markaziy abonent yo‘q, bu esa uning ishonchliligini oshiradi (axir har qaysi markazning ishlashi buzilganda shu markaz bilan boshqariladigan hamma tizim faoliyatini to‘xtatadi.) Shinaga yangi abonent- larni qo‘shilishi tarmoq ishlab turgan vaqtda ham bo‘lishi mumkin.
Ko‘p holatlarda, shinadan foydalanayotganda boshqa topologiyalarga nisba- tan ulanadigan kabelni eng kam miqdori talab qilinadi. To‘g‘ri shuni hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikkita chettagilardan tashqari) ikkita kabel keladi, bu esa har doim qulay bo‘lavermaydi.
Bu holatda bo‘lajak janjallarni hal etish har bir abonentning tarmoqli asbob – uskunalarga yuklanishi sababli “shina” topologiyasida tarmoqli adapter appara- turasi boshqa topologiyalarga qaraganda murakkabroq bo‘ladi.. Biroq, “Shina” topologiyali tarmoqlarni keng tarqalgani tufayli (Ethernet, Arcnet) tarmoqli asbob– uskunalarni narxi uncha yuqori emas.
Internet va intranet tarmog’i, ularni tashkil etish. Internetga bog’- lanish usullari
Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko’rsatuvchi jahon global kom- pyuter tarmog’idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan maononi anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo’lib, o’zining alohida axborot maydoniga ega bo’lgan virtual to’plamdan tashkil topadi. Internet, unga ulangan tarmoqqa kiruvchi barcha kompyuterlarning o’zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O’zining kompyuteri orqali internetning har bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko’rib chi- qishi, Nyu Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko’rgazmasiga qo’yilgan sur’atlar bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan shaxmot o’ynashi mumkin. Internet XX asrning eng buyuk kash- fiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahon bo’ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona axborot muhitiga biriktirish imkoniyati tug’iladi.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo’lsak, internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o’zaro ma’lumotlar almashish, virtual muloqot qilish
imkonini yaratib beruvchi "axborot magistral" vazifasini o’taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar bazasini tashkil etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o’rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet xizmati "internet provayderlari" yordamida aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Aloqa kanallari sifatida telefon tarmog’i , kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet tarmog’ining asosiy yacheykalari bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o’zaro borlovchi lokal tarmoqlardir. Internet o’zo’zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir:
Texnik;
Dasturiy;
Informasion.
Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi va tipdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sputnik, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari), hamda tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko’rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog’i ning umumiy faoliyatiga aslo ta’sir etmaydi. Internetning dasturiy ta’minoti (tar- kibiy qismi) tarmoqqa ulangan xilma xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish, ma’lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda informasion xavfsizlikni ta’minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi programmalar majmuidan iboratdir. Internetning informasion tarkibiy qismi Internet tarmog’ida mavjud bo’lgan turli elektron hujjat, grafik, rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko’rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim xususiyatlaridan biri, u butun tarmoq bo’ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, shaxsiy kompyu- teringizda o’qiyotgan elektron darsligingizning matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, video tasvir va izohlari esa uchinchi manbadan yig’i-
lishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o’zaro moslashuvchan giper bog’lanishlar orqali bir necha manbalar majmuasi ko’rinishida tashkil etish mumkin ekan. Natijada millionlab o’zaro bog’langan elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan informasion muhit hosil bo’ladi. Internet tarkibiga kirgan har bir kompyuter to’rt qismdan tashkil topgan o’z adresiga ega, masalan: 192.168.1.07. Ushbu manzil IP (Internet Protocol) manzil deb ataladi. Internetga doimiy ulangan kompyuterlar o’zgarmas IP adresga ega bo’ladi. Agar kompyuter foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan bo’lsa, u holda ushbu kompyuter vaqtinchalik IPadresga ega bo’ladi. Bunday IP manzil dinamik IP manzil deb ataladi. Internet informasion muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlarning har biri kompyuterlarning IP adreslaridan boshqa o’zlarining takrorlanmas, unikal adreslariga ega. Bu adres URL (Uniform Resource Locator) adres deb ataladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy axborotlari, Oliy majlis qarorlari haqida ma’lumot beruvchi elektron sahifa adresi www.gov.uz. Agar Internet tarmog’ida biror bir hujjat e’lon qilingan bo’lsa, u yagona takrorlanmas URL adresga ega. Kompyuterda bir nom bilan ikkita fayl mavjud bo’lmaganidek, internetda ham ikki elektron hujjat bir xil URL adresga ega bo’lmaydi.
Internetning ikkita asosiy funksiyasi bor. Buning birinchisi informasion funksiya bo’lsa, ikkinchisi esa kommunikasion funksiyadir. Internetning infor- masion funksiyasi birinchi navbatda tarmoq foydalanuvchilariga talab etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan etkazib berish bo’lsa, ikkinchidan u axborotlarni keng ommaga, jahon miqyosida nihoyatda tez sur’atda e’lon qilish (nashr qilish) imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi. Internetning kommunikasion funksiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib o’zaro muloqot qilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida internet elektron pochtasi, inter- net telefon va real vaqt oralig’idagi bevosita xabar almashish, Chat konferensiya yordamida amalga oshirilayotgan muloqotlarni keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari internetning kommunikasion funksiyasi uning foydalanuvchilariga video- muloqot qilish, videokonferensiyalar uyushtirish, bir shahardan turib ikkinchi sha-
har ko’chalarini (masofadagi Web kameralar yordamida) tomosha qilish va muzey- lariga tashrif buyurish, hamda tabiat manzaralaridan rohatlanish imkoniyatlarini yaratib beradi (38rasm).
Dostları ilə paylaş: |