Intranetbiror yuridik shaxs(vazirlik, kompaniya, tashkilot, korxona, ta'lim muassasasi va h.k.) ga tegishli kompyuter tarmog‘i bo‘lib, u Internetda sinovlardan yaxshi o‘tgan axborot texnologiyalari asosida yaratiladi. "Intranet" tushunchasi 1994 yildan boshlab, Internetda Web texnologiyalari muvaffaqiyatli sinovlardan o‘tib zo‘r e'tibor qozongandan so‘ng paydo bo‘ldi. Zero Intranetni Web texnolo- giyasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Intranet texnologiyasining asosida web texnolo- giyasining asosiy tarkibiy qismlari HTML, HTTP va brouzer hamda internetning asosiy protokoli TCP/IP yotadi. Intranet an'anaviy kompyuter tarmoqlaridan farqli qator sifatlarga ega. Bular:
boshqaruv va yuridik shaxs faoliyati yo‘nalishlarini avtomatlashtirishda intra- net texnologiyasi o‘zida odatda bir biriga zid bo‘lgan markazlashtirish (nazorat va boshqaruvga nisbatan) va taqsimlanganlik (aloqa va ijroga nisbatan) tamoyillarini birlashtirishga imkon beradi;
axborot resurslaridan foydalanish va ularni yaratib saqlash tamoyili ko'proq undan foydalanuvchilar manfaatiga mos keladi, axborot foydalanuvchilar uchun zarur va qulay shaklda beriladi;
axborotga kirish universal va sodda, asosan bir xil brauzer vositasida amalga oshiriladi. Bu xizmatchilarga qo‘shimcha qulayliklar tug‘diradi;
resurslar ish joylarida yaratilib markazlashgan holda, Web serverlarda saqla- nadi, unga kirish intizomi aniq belgilab qo‘yiladi, axborot himoyasi osonlashadi;
intranet o‘ziga xos taqsimlangan dasturiy, axborot va aloqa muhitini o‘zida mujassamlantirgan;
axborot oqimi matn, tasvir, audio, video ko‘rinishida bo'lgani uchun guruhiy faoliyatlar tele, videokonferentsiyalar asosida yo‘lga qo‘yilishi oson;
intranet avvalgi tarmoq turlariga nisbatan iqtisodiy samarali, uni mavjud turlituman vositalar, aloqa kanallari asosida ham tez yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu investitsiyalarni iqtisod qilishga imkon beradi. Intranetning har bir ish o‘rni tax- minan 50 AQSH dollariga tushadi. Intranetni yaratish uchun qator tashkiliy va texnologiyaviy masalalarni rejalashtirib, ularni amalga oshirish lozim.