Internet provayderlar quyidagi xizmatlarini taqdim etadi:
WWW Internet resurslarini tashkil etish.
Email Elektron pochta xizmati.
Vebhosting. Shaxsiy veb saytlarni Internetga joylashtirish.
Internetconference Internet orqali video muloqot.
Searching Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish.
FTP fayllarni almashish protokoli.
IPTV Internet tarmog’i orqali raqamli televideniya.
IPtelefoniya Internet tarmog’i orqali telefon so’zlashuvlar.
Giperbog’lanish
Ma’lumotlar va ularga bo’lgan giperbog’lanishlarni Internetning asosi deyish mumkin. Butun Internet bo’yicha tarqalgan hujjatlar, giperbog’lanishlar yordamida bir butun holda foydalanuvchiga yetkazib beriladi. Giperbog’lanishlar sichqoncha tugmasini bosish orqali bir sahifadan boshqasiga o’tish imkoniyatini beradi. Aynan giperbog’lanishlar barcha Web sahifalarni yagona tarmoqqa birlashtiradi.
Giperbog’lanishda HTMLhujjatdan tashqari sur’at, arxiv yoki boshqa tipdagi
fayllar ham ko’rsatilishi mumkin. Bunday giperbog’lanish (link) orqali o’tishda Brauzer fayl tipiga qarab uni yo ochib ko’rsatadi, yoki qattiq diskka yuklab oladi (taklif etadi).
Qidiruvtushunchasi. Internet tarmog’idagi qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o’ziga kerakli bo’lgan biror ma’lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo’ladi. Internet tarmog’i foydalanuvchilari qidiruvni internet muhitida joylashgan vebsaytlar, ularning manzili va ichki ma’lumotlari bo’yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo’lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi.