Musiqalarnivafilmlarniqidirish. Internet tamog’ida matnli yoki rasm ko’rinishidagi ma’lumotlardan tashqari musiqa va video ma’lumotlarning ham ko’plab manbalari mavjud. Internet tarmog’i orqali har bir foydalanuvchi musiqa eshitishi, radio tinglashi, teledasturlar yoki videofilmlarni tomosha qilishi mumkin. Internet orqali radioeshittirish va teledasturlar namoyishi ma’lum, ushbu turdagi xizmatlarni taqdim etuvchi tizimlar (serverlar) tomonidan amalga oshiriladi. Internet orqali radio tinglash yoki teleko’rsatuvni tomosha qilish uchun ushbu tizimga bog’lanishni o’zi kifoyadir. Ammo musiqa va filmlar Internet tarmog’iga ulangan kompyuterlarda alohida material ko’rinishida saqlanadi. Ularni tinglash,
tomosha qilish yoki kompyuterga ko’chirib olish uchun avvalo keraklisini qidirib topish zarur.
Musiqa va video materiallari ustida ham grafik(rasm) materiallar kabi uning nomi yoki izohi bo’yicha qidiruv olib borish mumkin. Bunda musiqa va filmlarni qidirib topish uchun qidiruv tizimi maydoniga materialning nomi yoki uning izohiga taalluqli biror jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so’ng qidiruv tizimi tomonidan kiritilgan jumlaga mos keluvchi musiqa va video materiallar joylashgan vebsaytlarning ro’yxati shakllantiriladi. Ro’yxatdagi veb saytlar foydalanuvchi tomonidan birin ketin ko’rib chiqiladi va kerakli materiallar kompyuterga saqlab olinadi.
www.uz milliy axborotqidiruv tizimi. www.uz bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog’idagi milliy segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir. Milliy axborotqidiruv tizimini rivojlantirish ishlari axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish UZINFOCOM markazi tomonidan olib boriladi. Milliy axborotqidiruv tizimining asosiy hususiyatlaridan biri uning ko’p tilli axborot qidiruvi (ruscha, o’zbekcha) va boshqa milliy axborot tizimlari va ma’lumot bazalari bilan o’zaro ishlay olishidadir.
www.uz internet tarmog’i foydalanuvchilariga milliy segmentda joylashgan vebsaytlar bo’yicha qidiruv xizmatini taqdim etadi va qidiruvni veb sayt manzili va ichki ma’lumotlari bo’yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo’lgan axborotni samarali qidirish va topish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari Shu www.uz qidiruv tizimi internet resurslari (veb saytlari) katalogini va veb saytlar reytingi yuritadi, saytlar bo’yicha jamlangan statistik ma’lumotlarni to’playdi hamda axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar va maqolalarni yoritib boradi.
www.uz “Katalog” bo’limi internet tarmog’ida ochiq holda joylashgan, O’zbekiston Respublikasiga aloqador bo’lgan, ro’yxatga olingan, izohlari keltirilgan va katalog mavzulari bo’yicha saralangan veb saytlar to’plami.
www.uz katalogi foydalanuvchilari o’zlariga kerak bo’lgan saytni mavzular
bo’yicha (Iqtisod, OAV, madaniyat va boshqalar) qidirish orqali tezroq topishlari mumkin. Katalog har kuni qidiruv tizimining faol foydalanuvchilari tomonidan yangi saytlar bilan boyitib boriladi.
Shu bilan birga www.uz ning har bir foydalanuvchisi “Topreyting” bo’limiga kirib, barcha ro’yxatga olingan saytlar reytingini ko’rishi, “Jamlangan statistika” bo’limida esa ularning statistikasi bilan tanishib chiqishi mumkin.