Masofadan o’qitish qanday amalga oshiriladi.Dunyoda ko’pgina universi- titetlar va o’quv markazlarida bu usul mavjud. Kerakli manzilni internetdan topishingiz mumkin. Manzilga kirib bu o’qish talabasi bo’lish uchun maxsus shaklni to’ldirishingiz zarur. Odatda avval kursning va o’qish tartibi tavsifi bilan tanishib chiqish mumkin. Keyin shakldagi satrlarni to’ldirib, kredit kartochkangiz raqamini kiritishingiz zarur.
Kursga kirish tartibi turlicha, bu mutaxassislikka bog’liq. O’qish tartibi quyidagicha: o’qituvchi kurs bilan tanishtiradi va topshiriqlar beradi. Siz ko’rsa- tilgan manbalar bilan ishlab topshiriqlarni bajarasiz va o’qituvchiga yuborasiz. O’qituvchi uni tekshirib, javobni sizga qaytaradi. Zarur holda ko’rsatmalar beradi. Shu tartibda kurs mavzulari o’rganib chiqiladi. Muzokara asosan elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Telefon tarmog’idan ham ba’zan foydalaniladi. Bosma o’quv materiallari pochta orqali yuboriladi. O’qish jarayonida talaba darsliklardan, elektron kutubxona va darsliklardan, elektron forumlardan, videokonferensiya- lardan foydalaniladi.
Bunda o’qish individual shaklda olib boriladi va o’qituvchi o’quvchining qobiliyati va xususiyatlarini hisobga olgan holda o’qitadi. Bu individuallik o’quvchida qiziqish o’yg’otadi va uni o’qishda aktivlikka rag’batlantiradi.
Hozirgi paytda respublikamizda ham masofadan o’qitish uslubiy materiallari ayrim fanlarni o’qitishda foydalanilmoqda va yaxshi natijalar bermoqda.
Masofadan o’qitishdagi eng asosiy ta’minotlardan biri bu– uning texnik va dasturiy ta’minotidir. Texnikta’minot– bu masofali ta’lim tizimini joriy etish
uchun talab etiladigan barcha texnik vositalardir. Bundan tashqari texnik ta’minot
axborot tizimi ishlashi uchun kerak bo’lgan texnik vositalar to’plamidir.