Salom Do’stlar


Proksi xizmati, anonim proksilar va ularning vazifalari, ijobiy va salbiy



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə98/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Proksi xizmati, anonim proksilar va ularning vazifalari, ijobiy va salbiy tomonlari. Proksi kompyuter tarmog’i xizmatidir. Bunda proksi xizmati orqali kompyuter tarmoqlari mijozlariga boshqa tarmoq xizmatlaridan bevosita foydalanish imkoni beriladi. Mijoz avval proksi serverga ulanadi va u orqali boshqa serverda joylashgan biron bir resursga murojaat qiladi. Bunga misol tariqasida shuni keltirish mumkinki, ko’pgina hollarda kompyuter tarmoqlaridagi bir guruh foydalanuvchilar yagona internetga ulangan kompyuter orqali kompyuter xizmatlaridan foydalanishadi.
Ba’zi hollarda mijoz so’rovi yoki server javobi proksi server tomonidan muayyan maqsadlarda o’zgartirilishi yoki to’xtatilishi mumkin. Proksi server shuningdek mijoz kompyuterini ba’zi tarmoq hujumlaridan himoyalashga imkon beradi.
Anonim proksi serverlar (Anonymous Proxy Servers). Anonim proksi serverlar ba’zi manzillarni berkitish yoki biror hujjatlarni olishda o’zini oshkor qilmaslik imkonini beradi.
Yuklash va ko’chirib olish(upload, download) tushunchalari. Internet tarmog’ida ma’lumotlar bilan ishlash vaqtida Upload” va “Download” tushun- chalariga juda ko’p duch kelinadi. Ushbu terminlarga quyidagi tushunchalarni kel- tirish mumkin:
Upload yuklab qo’yish. Ma’lumotlarni (fayllarni) kompyuterdan tarmoqdagi yoki internetdagi boshqa kompyuterga yoki serverga yuklab qo’yish.
Download yuklab olish. Ma’lumotlarni (odatda faylni) tarmoqdagi yoki inter- netdagi boshqa kompyuterlar va serverlardan o’z kompyuteriga yuklab olish.
Internet konferensiyalar. Internet konferensiyalar – bu muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining Internet tarmog’i orqali konferens aloqasi yordamida o’zaro axborot almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan foydalanish huquqiga ega bo’lgan shaxslar doirasi cheklangan bo’ladi. Kompyuter
konferensiyasi ishtirokchilari soni audio – va videokonferensiyalar ishtirokchilari sonidan ancha ko’p bo’lishi mumkin. Adabiyotlarda telekonferensiya atamasini ko’p uchratish mumkin. Telekonferensiya o’z ichiga konferensiyalarning uch turini: audio, video va kompyuter konferensiyalarini oladi.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin